Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahrida nogironligi bo’lgan shaxslarni imkoniyatlarini kengaytirish

So’nggi yillarda O’zbekistonda Internet-ommaviy axborot vositalari va bloggerlar faolligi o’smoqda. Shunga qaramay, aholini nogironligi bo’lgan odamlar kundalik hayotida duch keladigan muammolar to’g’risida xabardor qilish uchun axborot mahsulotlarining keskin etishmasligi mavjud. Axborotni olishning imkoni yo’qligi sababli, nogironligi bo’lgan shaxslarning aksariyati past darajadagi bilimga, huquqiy savodxonlikka va tanqidiy ongga ega. Ushbu loyiha doirasida targ’ibot va ma’lumotni oson tilda va qulay formatda taqdim etish bo’yicha media-loyihalarni (audio va video formatida) amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada, jamiyat va nogironligi bo’lgan kishilarning ijtimoiy inklyuziyasi to’g’risida xabardorligini oshirish kutilmoqda.

Loyihaning nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahrida nogironligi bo’lgan shaxslarni imkoniyatlarini kengaytirish”

Loyiha donori: Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya

Loyihaning umumiy byudjeti: 8133 AQSh dollari

Loyihaning davomiyligi: 2021-yil 1-iyundan 2021 yil 31-dekabrgacha (loyiha davomiyligi 6 oy).

Loyiha hamkorlari: (ma’lumot to‘ldirib boriladi)

Loyihaning maqsadi: 

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan yuqori bo’lgan nogironligi bo’lgan shaxslarni turli xil media-loyihalar (audio va video) orqali huquqlarini himoylash va imkoniyatlarni kengaytirishdir.

Loyihaning vazifalari:

  1. Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari haqida keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish maqsadida 24ta audio podkastlar (Sharoit+ podkast) tayyorlash va ularni mahalliy ommaviy axborot vositalari (OAVlar) va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish.
  2. Nogironligi bo’lgan shaxslar bilan video-intervyular tashkil etish, ularning ishtirokida turli xil ijtimoiy video roliklar tayyorlash va video materiallarni mahalliy Internet ommaviy-axborot vositalarida keng yoritib borish.
  3. Jismoniy va sensor nuqsonlari bo’lgan shaxslarning Toshkent shahrida erkin harakatlanish huquqlarini ta’minlash uchun ular bilan jamoat joylarida sharoitlar monitoringini olib borish va davomiyligi 10-20 daqiqa bo’lgan 12 ta yuqori sifatli video-intervyular hamda 12 ta yuqori sifatli video lavhalar yaratish.
  4. Har kuni yuz beradigan ijtimoiy muammolar va turli xil huquqbuzarliklarga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va aholi orasida mavjud bo’lgan stereotiplar tufayli ushbu holatlarning oldini olish.
  5. Nogironligi bo’lgan shaxslar o’zlarining tanqidiy xabardorligi va ongini oshirish va ularning huquqiy dunyoqarashi va savodxonligini oshirish.

 

Havaskor kamerada shahar dorixonasining na’munaviy sharoitlar monitoringi

 

Loyiha ijrochilari:

Audio podkast loyihasi rahbari va koordinatori – Ulug’bek Mamatxanov (I guruh ko’rish bo’yicha nogironligi bor), “SHAROIT PLYUS” NNT Kengashi a’zosi, 2014 yilda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasini tugatgan. U 2008 yildan beri O’zbekiston Ko’zi ojizlar jamiyatining faol a’zosi. Loyiha menejeri va koordinatorining haftadagi ish soatlari soni: 30 soat (loyihada to’liq ish vaqti).

Video-loyiha koordinatori – Shodiyaxon Qosimova (I guruh jismoniy nogironligi bor), “SHAROIT PLYUS” NNT Kengashi a’zosi, nogironlarning mustaqil hayoti bo’yicha treninglarda, “sherik-maslahati”usuli, Nogironlik tenglik trening (DET) bo’yicha malakali trener. Shuningdek, u Yaponiyaning “Iruka” mustaqil hayot markazi tomonidan tashkil etilgan mustaqil hayot mahorati va tajribasini o’rganish bo’yicha Yaponiyaning Okinava shahrida tajriba almashgan. Loyiha koordinatorining haftasiga video materiallar bo’yicha ish vaqti: 30 soat (loyihada to’liq ish vaqti)

Media loyihalar uchun materiallar tayyorlash uchun grafik dizayner (bannerlar, vizual dizayn) Dilshod Abdullayev (1-guruh jismoniy nogironligi bor), “SHAROIT PLUS” NNT a’zosi, Namangan muhandislik-texnologiya institutining professional kursini tugatgan, SMM va grafik dizayn bo’yicha mutaxassis. Ish vaqti: haftasiga 4 soat.

Loyiha hisobchisi Muxabbat Rahimova (1-guruh jismoniy nogironligi bor), “SHAROIT PLUS” NNT raisi. Ish vaqti: haftasiga 4 soat.

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.