Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Yevrosiyo jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan USAIDning Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar (SICA) Institutsional rivojlanish dasturida (IDP) ishtirok etish uchun tanlandi. Birinchi bosqichda tashkiliy salohiyatimiz baholandi va ikkinchi bosqichda tashkilotimiz xodimlari bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda dasturiy faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida grant ajratildi.

Institutsional rivojlanish dasturi (Institutional Development Program (IDP)) ham tajribali, ham yosh nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan 10 oylik tashabbusdir. Uning maqsadi ishtirokchilarda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va ijtimoiy zaif guruhlar ehtiyojlarini samarali ilgari surish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Dastur NNTlarning tashkiliy salohiyatini baholash, NNT xodimlari uchun individual treninglar, mentorlik va tashkiliy rivojlanish loyihalari uchun grantlar ajratishni o‘z ichiga oladi.

2023-yil sentyabr va oktyabr oylarida SICA eksperti Lola Abdusalyamova tashkilot xodimlari, rahbariyati va maqsadli benefitsiarlari bilan suhbatlar orqali tashkilotimiz institutsional rivojlanish darajasini baholadilar. Tashkilotimizning kuchli va zaif tomonlari aniqlandi va yakuniy institutsional diagnostika hisobotida aks ettirildi. Keyin tashkilotimiz o‘zining kuchli tomonlarini mustahkamlash va zaif tomonlarini yaxshilash maqsadida mutaxassislar bilan rivojlanish rejasini ishlab chiqdi va loyihani ishlab chiqdi.

ALPHA tomonidan xodimlarimiz malakasini oshirish trening jarayonida

Loyihaning nomi: «Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi xodimlarining dasturiy faoliyatini, jamoaviy ruhini va malakasini oshirishni kuchaytirish»

Loyiha donori: AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” (SICA) dasturi doirasida Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida

Loyihaning umumiy budjeti: 14,975.03 AQSh dollari

Loyihaning davomiyligi: 6 oy (2024-yil 26-yanvardan 26-iyulgacha)

Loyihaning milliy hamkorlari: O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari

Loyiha hamkorlari: ALPHA, Raoul Foundation xalqaro jamg’armasi (Shvetsiya)

Loyihaning maqsadi: 2024-yilning o‘rtalariga qadar strategik va operasion rejalashtirish, monitoring va baholashni takomillashtirish hamda nogironlar uchun inklyuziv bandlikning to‘liq hayotiy sikli bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun www.ishplus.uz loyiha salohiyatini oshirish orqali dasturiy faoliyatini kuchaytirish.

ALPHA treningi davomida guruhlar muhokamasi

Loyihaning vazifalari:

  1. Boshqaruv a’zolari va tashkilot xodimlarini faol jalb qilgan holda tashkilot missiyasini yangilash va strategik qarashni yaratish. Tashkilot boshqaruvi a’zolari va xodimlari strategik rejalashtirish, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) vaqt menejmenti, munozara holatlarini boshqarish, stress menejmenti, samarali muloqot, hissiy intellekt, samarali murabbiylik, loyihalarni boshqarish va rejalashtirish, monitoring, nazorat va loyiha yakuni, risklarni boshqarish, moslashuvchan boshqarish usullari  kabi mavzularda malaka oshirish kurslari va treninglardan o‘tadilar;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan ijtimoiy hamkorlikda www.ishplus.uz loyihasining maqsadli guruhiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida xodimlarni kasbiy tayyorlash orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan inklyuziv bandlik xizmatini takomillashtirish;
  3. Ixtisoslashgan rekruting veb-portalimiz xizmatlaridan foydalangan holda nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, monitoring qilish va baholash bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ish Plus” loyihasining bek ofisida CRM-HR ma’lumotlar bazasini integratsiyalash.

ALPHA treningida strategik reja ishlab chiqish jarayoni

Loyiha ijrochilari:

Loyiha rahbari: Muxabbat Raximova (e-mail: m.rakhimova@sharoitplus.uz)

Loyiha koordinatori: Sofiya Akramova

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

 

Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: m.rakhimova@sharoitplus.uz

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form