Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish

NJB Sharoit+ Toshkent shahridagi jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning kundalik hayotlari davomida duch keladigan to‘siqlarni O’zbekiston jamiyati e’tiboriga yetkazish orqali ularning faolligini oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda real hayotga asoslangan axborotlarni yoritib borish loyihasi.

Loyihaning nomi: “Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish”

Loyiha donori: Markaziy Osiyo Evroosiyo Jamg’armasi (Eurasia Foundation Central Asia)

Loyihaning umumiy byudjeti: 4 408 AQSh dollari

Loyihaning davomiyligi: 2019-yil 1-oktyabrdan 2020-yil 20-martgacha (6 oy)

Loyiha hamkorlari: O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, “YUKSALISH” umummilliy harakati, “SANVIKT” nogiron bolalar ilmiy tadqiqot badiiy markazi, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning ota-onalari, mahalla fuqarolar yig’inlari va ko’ngilli volontyorlar.

Loyihaning maqsadi: Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni turli uchrashuvlar, jamoaviy ishchi guruhlari, sherik-maslahati (psihologik suhbatlar) va jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish.

Loyihaning vazifalari:

  1. Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni uylariga borib oilaviy shroitlari bilan tanishish, ularning ota-onalari bilan suxbatlashish va hamkorlikka taklif qilish;
  2. Jamoaviy video darslarini jamoaviy tarzda o’tkazish va har bir jamoa a’zosiga vazifalar yuklatish (masalan kimdir rejissyor, kimdir operator, kimdir ssenariy yozuvchi yoki jurnalist vazifasini bajaradi). Bunday jamoaviy xarakatlar ishtirokchilarni birlashtiradi va o’z ustida ishlab, hayotda o’z o’rnilarini topishga yordam beradi;
  3. Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni qo’shimcha ko’nikmalarga o’rgatish maqsadida ularning qiziqishlaridan kelib chiqib video kamerada ishlash va montaj qilishni o’rgatish darslarini tashkil etish.

 

Ushbu videotaqdimotda loyiha haqida NJB Sharoit+ raisi Muxabbat Raximova hikoya qiladi.

Loyihaning natijalari:

Loyiha boshlanishda, loyiha ishtirokchilarining deyarli hammasida o’zidan uyalishi va o’zlariga bo’lgan ishonchsizlik, ichki qo’rquv va jur’atsizlik juda kuchli edi. Ayniqsa jamoatchilikka qo’shilganlarida o’zlaridan uyalardilar. Bunga sabab jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar go’daklik davridan yolg’izlikda ota-onalari tomonidan juda extiyotkorlik bilan voyaga yetganliklari, holatlaridan kelib chiqib o’zlarini “Boshqalarga tenglasha olmayman, ulardek bo’la olmayman” degan tushuncha sabab, jamoatchilikka qo’shilish ko’nikmasi yo’qligi, jismoniy to’siqlar va jamoat transportlarda qulayliklar yo’qligi, atrof muhitdagi salbiy munosabatlar.

Loyiha ishtirokchilari uchun loyihaning ahamiyatli tomoni avvalo ularda o’zlariga bolgan ishonchlarini ortishi, o’zlarini anglab yetishlari va o’z muammolarini boshqalarga ham yetkazib beraolish ko’nikmalariga ega bo’lishdi:

  1. Toshkent shahrida yashovchi bir nechta jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni uylariga borib ularning oilaviy sharoiti bilan tanishildi, ularning ota-onalari bilan suxbatlar o’tkazildi va loyihaga taklif qilindi;
  2. Uylariga borib sharoiti o’rganilgan loyiha ishtirokchilari bilan sherik-maslahati (psihologik suxbatlar) o’tkazildi;
  3. Loyihaning boshlang’ich bosqichida ishtirok etgan 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlardan 13 nafari janoamiy videoda ishtirok etishga rozilik berishdi;
  4. Loyihaga ishtirok etishga rozi bo’gan jismomniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlardan 2ta kamoaviy video guruhi tashkil qilindi va jamoaviy video guruhlarida ishlash jarayonida turli mavzularda interaktiv o’yinla va savol-javoblar orqali ishtirokchilar hayotlari o’rganildi, turli uslublarda birgalikda ishlandi va birgalikda ijtimoiy video roliklar tayyorlandi.
  5. Loyiha asosida “Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusida O’zbekiston Milliy Universitetining “21 asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari” ilmiy ishlar 4-davriy to’plamida ilmiy-amaliy maqola chop etildi.

 

Loyiha natijasi haqida ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi

 

Loyiha rahbari: Nazokat Shakirova 

Loyiha koordinatori: Muxabbat Raximova

Loyiha montajchisi: Shodiyaxon Qosimova

Loyiha hisobchisi: Dilshod Normurodov

Ko’ngilli volontyorlar:

  • Jahongir Islomov loyiha jarayonida ko’ngilli yordamchi sifatida loyiha ishtirokchilari kelib ketishlariga taksi chaqirib va ularning tansportga chiqib tushishlariga barcha zarur bo’lgan yordamni berib keldilar;
  • Shaxlo Valijonova, Zuxra Rajavoba va Dilfuza Muslimova vati-vaqti bilan kelishilgan holda loyiha davomida ishtirokchlarga kofe-breyk tayyorlab ba’zi ishtirokchlarni yeb ichishlariga, shu bilan birgalikda ishtirokchilarning zaruriy extiyojlariga ham yordamlashishdi.

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.