Xabaringiz boʻlsa, 2023-yilning 30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasini taqdimot qilgan edik. Ushbu loyihani davomiy amalga oshirish uchun «SHAROIT PLYUS» NJB AQShning Stirling Jamg’armasidan grant olishga muvaffaq boʻldi.

Davomiy loyiha nomi: «Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish»

Loyiha donori: The Stirling Foundation (AQSh)

Loyihaning byudjeti: 18,200 AQSh dollari

Loyiha muddati: 2024-yil 25-noyabrdan 2025-yil 25-mayga qadar (loyiha muddati 6 oy)

Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Ziyo Taratamiz» loyihasi

Loyiha hamkorlari:  AV3715 – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi xalqaro onlayn kutubxona «Logos»

Loyihaning maqsad va vazifalari:

  • «Kitob Plus» maxsus onlayn audiokitoblar kutubxonasini (vebsayt: https://kitobplus.uz shuningdek, Android va IOS platformalari uchun mobil dastur),  qo‘llab-quvvatlash orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning adabiyot o‘qishga qiziqishni rivojlantirish va savodxonligini oshirish.

  • “Kitob Plus” platformasining funksional imkoniyatlarini kengaytirish, tinglangan materiallar bo‘yicha bilimlarni sinash uchun interaktiv funsiyalarni qo‘shish va kutubxonani yangi audiokitoblarni yozib olish orqali yangi kontent bilan to‘ldirish.

Loyihadan kutilayotgan natijalar:

  • Faol nogironligi bor o‘quvchilar soni: kamida 2 500;
  • Loyihaning doirasida kamida 50 ta yangi audiokitoblarni ovozlashtirish;
  • Onlayn kutubxonada joylashtirilgan audiokitoblar soni 2 000 taga yetishi (loyiha doirasida yozilgan yangi 50 audiokitob, magnit lentalarda yozilgan 200 raqamlashtirilgan va tiklangan kitoblar, nutq sintezatorlari yordamida ovozlashtirilgan 1 000 matnli kitoblar);
  • Nogironligi bor bolalar uchun ixtisoslashgan kamida 6 ta maktab-internat kutubxonaga Kitob Plus platformasiga ulanishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun;
  • Kamida 6 ta maxsus kutubxona ulanib, o‘z o‘quvchilarini faol ro‘yxatdan o‘tkazishi;
  • Audiokitoblarni barqaror ishlab chiqarish va eski audiokitolbarni tiklashni yo‘lga qo‘yish;
  •  Platformaga nogironligi bo‘lmagan foydalanuvchilarni va volontyorlarni jalb qilgan holda loyihaning barqarorligini ta’minlash.

 

Loyiha jamoasi:

Loyiha rahbari: Mirali G’iyosov

Loyiha koordinatori: Abdulaziz Salimov

Dasturchi: Mixail Korneyev

Korrektor: Shirin O‘lmasova

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app

iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246

Vebsayt: https://kitobplus.uz/

Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni m.giyosov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (97) 708-73-31.

 

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/