Suratga tiflosharh: Loyiha menejeri Mirali G’iyosov ovoz yozish studiyasida mikrofon va kompyuter ro‘parasida o‘tiribdi. Mirali qora ko‘zoynak taqib olgan va qora kostyum shim, qora galstuk va oq ko‘ylakda.

Asaxiy, Audionoma, UzBook kabi ilovalarda audio-kitoblar tinglash mumkin. Ammo birinchidan ular pulli, ikkinchidan dastur ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilarga moslashtirilmagan. Ushbu loyihaning maqsadi barcha audio-kitoblarni bir joyga jamlagan vebsayt hamda Android va iOS platformalarida ishlovchi, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga har tomonlama qulay va bepul ilovani yaratish. Bu bo‘yicha «KitobPlus» nomi ostida jamoamiz o‘z ishini boshladi.

Audio-kitoblar va radiospektakllar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida, ilmiy faoliyatida, olam va odam haqidagi tasavvurining shakllanishida alohida ahamiyatga ega. Radioning kashf qilinishi, ovozni yozib olish imkoniyatining yaratilishi, ovozli kitoblarning paydo bo‘lishiga turtki berdi. Bunday kitoblar dastlab radio orqali o‘qib eshittirilgan, plastinkalarda taqdim etilgan bo‘lsa, o‘tgan asrning 50 yillarida magnit tasmalarga yozib ko‘paytirilgan va kutubxonalarga, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydigan korxonalarga yetkazilgan.

Bunday kito’blar yurtimizga o‘tgan asrning 60-yillarida kirib kelgan va 1970-2000 yillar oralig‘ida yuzlab kitoblar ovozlashtirilib, magnit tasmasiga «Lentalar, kassetalar»ga yozilgan. Komp’yuterning kirib kelishi audio-kitoblar yozilishini yanada ossonlashtirdi. Kitoblar CD disklarda taqdim etila boshlandi. Ammo texnologiya rivoji tezlikda bu usulni ham eskirtirdi, endilikda kitoblar fleshkalarda, telefon xotiralarida, internetdagi saytlarda saqlanmoqda va tarqatilmoqda.

Ovozli kitoblar o‘z rivojlanish yo‘lini bosib o‘tar ekan, u qaysi davrda bo‘lmasin, ko‘zi ojiz insonlar kutubxonalarga borib, kitoblarni olishar, o‘qib bo‘lib yana qaytarib berishlariga to‘g‘ri kelardi. Komp’yuterdan foydalanish ko‘nikmasiga ega insonlar kitoblarni o‘z komp’yuterlarida to‘plab, kitobsevarlarga tarqatishadi. Bugungi kunda audio-kitoblar shu qadar ommalashdiki, ularni jamiyatning barcha qatlamlari birday tinglamoqda.

Ammo ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bu kitoblarni bir joyga to‘plagan birorta ham onlayn platforma mavjud emas. Kitoblarni YouTubedan, Telegramdan yoki yana eski usul bilan kutubxonaga borib o‘z qurilmalariga yozdirib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda. YouTube platformasida ko‘plab ovozli kitoblarni topish mumkin. Ammo biror romanni zavq bilan o‘qiyotganingizda oshga tushgan pashshaday bo‘lib reklamaning boshlanib ketishi, kitob zavqini bo‘lib qo‘yadi. Bundan tashqari janrlar, mualliflar, suhandonlar kesimida kitoblarni topish imkoniyatini birorta platforma taqdim etayotgani yo‘q.

Loyiha nomi: «KitobPlus – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona yaratish»

Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi

Loyihaning byudjeti: 232 608 116,88 so‘m

Loyiha muddati: 2023-yil 13-iyuldan 13-noyabrgacha (loyiha muddati 4 oy)

Loyiha hamkorlari: AV3715 – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi xalqaro onlayn kutubxona «Logos»

Loyiha vazifalari: 

  1. www.kitobplus.uz domenidagi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona vebsayti va u bilan sinxron ishlovchi KitobPlus mobil ilovasini yaratish;
  2. O‘zbek tilidagi 105 ilmiy-badiiy, hujjatli, ommabop hamda boshqa turdagi kitoblarni audiolashtirish;
  3. Bugungi kungacha mavjud bo‘lgan kamida 500 ta audio kitoblarni qayta ishlash va yuqorida ko‘rsatilgan vebsaytga/mobil ilovaga joylash. Mavjud audio-kitoblarning sifati pastlarini lenta va kassetadan raqamli formatga o‘tkazilganlarini sifatini ko‘tarish;
  4. Kamida 300 ta radio-spektakllarni qayta ishlash va vabsaytga/mobil ilovaga yuklash;
  5. O‘zbekistonda audio-kitoblar bilan shug’ullanuvchi studialar bilan hamkorlik o‘rnatish va ularda mavjud bo‘lgan audio-kitoblarni platformaga yuklash;
  6. Nutq sintezatorlar yordamida kitoblarni ovozlashtirishni ta’minlash.

Ko‘rsatilgan xizmatlardan kutilayotgan natijalar:

  • o‘zbek tilidagi barcha bepul audio kitoblarni jamlash, foydalanuvchilarga audio kitoblarni ko‘rib chiqish, tinglash va yuklab olish uchun qulay imkoniyatni ta’minlash;
  • ko‘ngilli suhandonlar uchun o‘zlarining audio kitoblarini KitobPlus platformasida joylash imkoniyatini ta’minlash;
  • ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi yoshlar uchun audio kitoblarni yaratishning dolzarbligi va ahamiyati g‘oyasini ommalashtirishga erishiladi.

Loyiha ijrochilari: 

Loyiha menejeri: Mirali G’iyosov

Loyiha koordinatori: Abdulaziz Salimov

Dasturchi: Mixail Korneyev

Korrektor: Shirin O‘lmasova

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app

iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246

Vebsayt: https://kitobplus.uz/

Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni m.giyosov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (97) 708-73-31.

 

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/