Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi video operatori va montaj ustasi «Azizjon Media» kanali muallifi Azizjon Qosimov tomonidan tayyorlangan «Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» mavzusidagi ijtimoiy rolik «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi.

«Inklyuziv jamiyat sari» ijtimoiy video roliklar tanlovi g‘oliblari 2023-yil 2-dekabr kuni e’lon qilingan edi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament jamoat fondi moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi hamkorligida o‘tkazilgan edi.

Tanlovga topshirilgan videoroliklar asosan nogironligi bo‘lgan shaxslar turmush sifatini oshirishga va mamlakatimizda inklyuziv jamiyatni barpo etishga bag‘ishlangan bo‘lishi va nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan to‘siqlar va ularni bartaraf etishiga qaratilgan bo‘lishi lozim edi.

Tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov va rais o‘rinbosari Abdullo Abduxalilov Azizjon Qosimov bilan birga.

Azizjon Qosimov Samsung Galaxy Tab A8 qimmatbaho sovg’asi bilan taqdirlangan edilar.

Siz ham ijtimoiy rolikni tomosha qiling va o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan bo‘lishing.