Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat tashkilotlar vakillarini jamlagan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining nogironlarga ta‘siri” mavzusida 30 nafardan ortiq ishtirokchilar to‘rt kunlik treningda ishtirok etishdi. Treningda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi Ulug’bek Mamatxanov hamda tashkilot a’zolari Mirsaid Muxtorov va Muzaffar Po’latov ishtirok etishdi.
Ushbu trening AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan va Yevroosiyo jamg’armasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Markaziy Osiyoda nogironligi bo‘lgan shaxslarga iqlim o‘zgarishining ta’sirini yumshatish» (ADCA) dasturi doirasida tashkillashtirildi. Treningda ishtirokchilari global va mintaqaviy miqyosda iqlim o‘zgarishining sabablari va oqibatlarini tushunishdi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro amaliyot bilan bo‘lishdilar.
“Trening davomida bizda Markaziy Osiyodagi iqlim oʻzgarishining asosiy koʻrinishlari bilan tanishdik, iqlimni muhofaza qilish tadbirlarida nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishda biz foydalanishimiz mumkin bo’lgan turli xil advokatsiya vositalari ishlatish boʻyicha bilim-koʻnikmalarimizni oshirdik. Bizni tashkilotimiz ham 2024-yil Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga iqlim oʻzgarishini salbiy ta’sirini yumshatish va bu haqida jamiyatimizni xabardor etish maqsadida loyihalar ustida ishlashni reja qilgan”, – deydi trening ishtirokchi, «SHAROIT PLYUS» NJB Kengashi a’zosi Ulug‘bek Mamatxanov.

Ulug’bek Mamatxanov trening jarayonida
“Iqlim o‘zgarishining nogironlarga ta‘siri” treningning ikkinchi kuni nogironlar huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi qonunchilikni mustahkamlash, axborotdan foydalanishni yahshilash, shahar va boshqa muhitni o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni targ‘ibot qilish bo‘yicha ishtirokchilar va trenerlarning bir qator fikrlar tahlil qilindi.

“Millenium” nogironlar uchun ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiya markazi rahbari Guljahon Mahmadqulova
Trening ekologiya va inklyuziya bo‘yicha taklif etilgan ekspertlarning interaktiv taqdimotlariga bag‘ishlandi. Eko-aktivist Yevgeniy Muxamedjanov, ishtirokchilar bilan nogironlarning yashil kun tartibiga qanday ta‘sir qilishi mumkinligini muhokama qildi.

E’zoza Ahmedova sertifikat bilan taqdirlash marosimida
“Fuqarolarni iqlim ofatlari haqida xabardor qilishda, afsuski, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari har doim ham inobatga olinmaydi. Masalan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bildirishnomalari imo ishora tili tarjimasi bilan birga bo‘lishi kerak”, – deydi imo ishora tili tarjimoni, ishtirokchi E‘zoza Ahmedova.
Ekologiya bo‘yicha ekspert Damir Karimovning iqlim o‘zgarishi va energiyani tejashga bag‘ishlangan nutqi tinglovchilarni tabiiy resurslarni tejash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qanchalik samarali ekani haqida o‘ylantirdi. Ishtirokchilar uchun foydali va maanfatli treninglardan biri bo‘ldi va ishtirokchilar aynan mana shunday treninglar ko‘proq tashkil etilishini taklif qilishdi.

Trening ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi
