Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash

NJB Sharoit+ O‘zbekistondagi BMTning qo’shma dasturi doirasida nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyihani amalga oshirishni boshladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya bo‘yicha Qo‘shma dasturi (Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF va BMTTD) bolalar va kattalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha xalqaro standardlarga mos keladigan keng qamrovli milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish orqali ijtimoiy tizimni mustahkamlashga qaratilgan.

BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi BMTning ijtimoiy himoya qo‘shma dasturi doirasida nogironlik masalalari bo‘yicha tashkilotlarning kichik loyihaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun e’lon qilgan tanlovida NJB Sharoit+ g‘olib bo‘ldi. BMT kichick grantlar dasturning maqsadi nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning jamoat hayotining turli jabhalariga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga innovasion yondashuvlarni amalga oshirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra 162,2 ming nafar davlat ro‘yhatiga olingan nogironligi bor shaxslar mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega . Ammo, Davlat soliq qo‘mitasining jismoniy shaxslar daromad soliqlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra nogironligi bo‘lgan 162,2 ming fuqaroning STIR (INN) bilan solishtirilganda, ulardan atigi 21,1 ming nafarining (13%) ish bilan band ekanligi aytib o‘tildi.

2019 yilda BMTning O‘zbekistondagi vaziyatli tahlili shuni ko‘rsatdiki, mehnatga layoqatli yoshdagi (Mehnatga layoqatli yosh erkaklar uchun 16-59 yosh va ayollar uchun 16-54 yosh deb belgilangan) nogironligi bor shaxslar soni 346084 qishini tashkil qilib ularnining atigi 7,1% rasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan. Nogironligi bor shaxslarning ish topish ehtimoli nogironligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda qariyb 4 baravar kamroq. Shu bilan birga, qishloq joylarda nogironlarning atigi 5,8% ish bilan ta’minlangan bo‘lib, nogironligi bor ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroq: ayollarning atigi 4,4% va ekrkaklarning 8,9% ish bilan ta’minlangan.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning atigi 2% ish bilan ta’minlangan . Ya’ni, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning eng dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri bu ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Ushbu loyihani ishlab chiqish zarurati mehnatgan layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida turli hil to‘siqlarga uchrayotganligi tufayli paydo bo‘ldi. Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash borasida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar amalda samarasiz bajarilyapti. Masalan, «xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi» . Ammo, amalda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota ishlamayapti va ko‘p korxonalara bundan bexabar.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliiy chora-tadbirlari amalda samarasiz amalga oshirilib, Soliq kodeksida aks ettirilgan nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida keng jamotchilik bexabarligicha qolmqoqda. Yana bir muhim sabablardan biri, nogironlar jamoat birlashmalari qoshidagi maxsus o‘quv-ishlab chiqarish qorxonalari mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarni barchasini munosib ish joylari bilan taminlayolmayapti. Bu loyihani amalga oshirgandan keyin bir tomondan nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlarini topishga qo‘maklashib, ikkinchi tomondan jamoatchilik e’tiborini bu muammoga qaratib uni echish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning nomi: “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash”

Loyihaning umumiy byudjeti: $5,000

Loyihaning davomiyligi: 12 oy (2020-yil dekabrdan 2021-yil dekabrgacha)

Loyihaning maqsadi: Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash

Loyihaning vazifalari:

  1. Maxsus rekruting veb-portali yaratish orqali nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar va ular uchun ochilgan maxsus vakansiyalar ma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlarni tayyorlash
  2. Ish izlovchilarga sherik maslahatlarini ko‘rsatish va ular uchun ish beruvchilardan munosib vakansiyalar olish
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida ishga joylashganlaridan so‘ng ularning ish joyidagi moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy hizmatlar turini yo‘lga qo‘yish

 

Loyihadan kutilgan aniq natijalar: Loyiha jarayonida 12 oy davomida 500 nogironligi bo‘lgan shaxsga mo‘ljallagan vakansiya topib berish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov (Telegram: @d_yusupov, E-mail: yusupov89@gmail.com)

Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: sharoitplus@gmail.com

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.