Media Plus – Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “SHAROIT PLYUS” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi donorligida tashkil etilgan.

Ushbu o‘quv loyiha 2 oy davomida nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarni media sohasi va uning turlari haqidagi bilimlarini oshiradi va ularni bevosita qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, loyiha media sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislar jamiyatini yaratish yo‘lida ishonchli qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha nomi: «Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish»

Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi

Loyihaning byudjeti: 151 320 450 so‘m

Loyiha muddati: 2023-yil 13-iyuldan 13-sentyabrgacha (loyiha muddati 2 oy)

Loyiha hamkorlari: «SUYUNCHI» volontyorlik loyihasi

Loyiha maqsadi:

  • Mamlakatning axborot maydonida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan muammolar, stigma va stereotiplarni yoritish samaradorligi oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish;
  • Ushbu loyiha ishtirokchilarga OAV sohasida faoliyat boshlagan mutaxassislar sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi imijini shakllantirish va shu bilan birga nogironlik mavzusini yoritishda ommaviy axborot vositalaridagi patronaj ohangini yo‘q qilishda ko‘maklashadi;
  • Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar aholining barcha qatlamlarining bir qismi bo‘lib, turli soha yo‘nalishlarida fikr, bilim va tajribaga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish va ularning qobiliyatlari hamda salohiyatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri qarashlarga barham berish;
  • Yolg‘on maʼlumotlar va chalg‘ituvchi xabarlar bilan manipulyatsiya avjiga chiqqan davrda ushbu maʼlumotlarni filtrlash, tahlil qilish va uni to‘g‘ri xolisona taqdim eta oladigan mutaxassislar tayyorlash orqali mamlakatdagi media muhit rivojiga ijobiy hissa qo‘shish;
  • Kurslardagi asosiy ko‘nikma va bilimlar orqali nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarga aniqroq kasbiy maqsadlarni belgilashlari, shaxsiy hamda kasbiy hayotlari ustida ishlab, o‘z daromadlari va turmush sifatini yaxshilashlari uchun zamin yaratishdir.

Kurslarda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL bo‘lib, ishtirokchilar TANLOV asosida qabul qilinadi.

*Media Plus loyihasiga qabul tez orada boshlanadi! Loyiha haqidagi barcha yangiliklarni rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

 

Loyiha ijrochilari: 

Loyiha menejeri: Diyora Dadajanova (E-mail: dadazanova2404@gmail.com)

Loyiha koordinatori: Maftuna Usmanova (E-mail: usmanmaftuna@sharoitplus.uz)

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

 

Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni mediaplusuzb@gmail.com elektron manziliga yuboring.

Loyihaning Telegramdagi sahifasi: https://t.me/media_plus_courses

Loyihaning Instagramdagi sahifasi: https://www.instagram.com/media_plus_courses/

 

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/