2023-yil 11-noyabr kuni «GroundZero» Kitob Olami kovorking markazida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” loyihasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Media Plus – Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “SHAROIT PLYUS” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi donorligida tashkil etilgan. Loyihaning maqsadi mamlakatning axborot maydonida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan muammolar, stigma va stereotiplarni yoritish samaradorligi oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. 2 oy davomida 17 nafar yoshlar kursni muvaffaqiyatli yakunlab media sohasi va uning turlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
Kurs mobaynida ishtirokchilar ommaviy axborot vositalari xabarlarini tahlil qilish, noto‘g‘ri va fake xabarlarni aniqlashda o‘z tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan ish olib borishdi va media va uning turlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish va ularning manbaalarini tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantirib barcha darslardan so‘ng olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida uyga vazifalar ham bajarib borishdi hamda ommaviy axborot vositalarining yangi tendensiyalari va blogerlik haqida o‘rganish bilan birga o‘z kontentini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kurs tugagan bo‘lishiga qaramasdan ishtirokchilar bir-birlari bilan o‘z kontent rejalari bilan muzokaralar olib borishni davom ettirishyapti.
Yopilish marosimini ochib berish uchun so‘zni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Raximova kurs ishtirokchilarini qutlab, olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq etishlari uchun xormay-tolmay izlanishlarini takidlab o‘tdilar.

Muhabbat Raximova
«Men bunday katta-katta mutaxassislardan bilim olishimni tasavvur ham qilmagan edim. Ular oliy toifali jurnalistlar o‘z ishini ustalari bizga bepulga bilim-ko‘nikmalar berishgani uchun Media Plus jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Media Plus da 2 oy ichida olgan bilimlarimni jurnalistika fakultetdagi yillar davomida berilayotgan bilimlarga alamashmayman,» deydi kurs ishtirokchisi Xasan Alimov.

«Biz kursda ishtirok etganimizdan xursandmiz. Ma‘lumotlar olishga va xohlagan kursimizda o‘qish istagi bo‘lsa ham o‘qiy olmasdik bizga kuchli va taniqli jurnalistlardan bilim olish imkoniyati va shu bilan birga imo-ishora tarjimonlari bilan bizni bilim olishimizga imkoniyat berganingiz uchun kattadan-katta rahmat aytamiz,» deydi – rusiyzabon guruh ishtirokchilari Masha va Guloyim.

«Men doim aytaman faqatgina farzandim uchun bilim olaman chunki, hayotdagi maqsadim ham farzandimga o‘rnak bo‘lish va bugungi kunda media savodxonlikni oshirish barcha yoshlarga va kattalarga muhim sanaladi deb o‘ylayman. Mana shunday kursdoshlarim bilan bir jamoada bilim olganim va Media Plus jamoasi bizga bergan motivatsiyasi, yordamlari uchun kattadan-katta rahmat aytaman,» deydi – Feruza Qurbonova.

«Faktcheking va keyslarni tahlil qilish mavzularida bilim berganimda juda ham ajoyib bo‘ldi bunchalik ishtirokchilar faol va keyslarni tezda o‘zlashtirib, o‘zlarini shaxsiy fikrlarini erkin aytib baxs-munozaralarga boy dars bo‘ladi deb o‘ylamagan edim ochig‘i. Mana shunday faol ishtirokchilarga bilim berishdan hech ham charchamayman deydi,» Media Plus kursining o‘zbek zabon guruhi spikeri bo‘lgan Nodirbek Norto‘rayev.

Media Plus kursi tugar ekan bir nechta ommaviy axborot vositalari qiziqish bildirib, kurs ishtirokchilaridan intervyu olib lavha tayyorlab, olingan lavhalarni barchasi efir yuzini ko‘rdi. Fotojurnalistika darsi bo‘lib o‘tgach, spiker tomonidan barcha ishtirokchilarga “Derazam ortida” va “Oltin kuz” mavzularida vazifa sifatida topshiq berilgan edi. Kursning yopilishi ya‘ni taqdirlash marosimida esa vazifani a‘lo darajada bajargan ishtirokchilar olgan sur‘atlari foto ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va “Media Plus” loyihasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, «GroundZero» Kitob Olami kovorking marakzi rahabriyatiga va kurs davomida bizga yaqindan yordam bergan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
