Yevrosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «MediaPlus.uz – inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish platformasi» loyihasi doirasida tender e’lon qilamiz.

Buyurtmachi: Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat tashkiloti)

Talablar: 

  1. Eshitish, ko‘rish va aqliy nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari uchun eng qulay formatlarda kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘lgan www.mediaplus.uz qulay axborot platformasini ishlab chiqish;

To’liq texnik talablar bilan ushbu havola orqali rus tilida tanishish mumkin.

Tenderda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan individual veb-ishlab chiquvchilar, o’z-o’zini ish bilan band qilganlar va IT-kompaniyalar qatnashishi mumkin. Ijrochilar taqdim etishi lozim bo‘lgan barcha zaruriy material va hujjatlar ro‘yxati quyida keltirilgan va ular sharoitplus@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi. Xat mavzusiga “MediaPlus.uz”ni ishlab chiqish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun ariza” deb yozing.

 Hujjatlar to‘plamiga quyidagilar kiradi:

  1.   Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma va rekvizitlar, yoki o’zini-o’zi band qilganligi guvohnomasi yoki ishlab chiqaruvchining rezyumesi;
  2.   Ishchilarning malaka toifasi va avval amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumotnoma;
  3.   Tijoriy taklif.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024-yil 29-fevral

Bog‘lanish uchun kontakt: sh.qayumova@sharoitplus.uz