Nogirongligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan va zahiraga olingan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish

“SHAROIT PLYUS” NJB “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi 2021 yil 26 martdan – 30 aprelgacha o‘tkazilgan davlat granti g’olibi bo‘ldi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lib ish topishda turli hil to‘siqlar va qiyinchiliklarga duch kelishadi va ochiq mehnat bozorida teng shartlarda boshqalar bilan raqobatlasha olmaydi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 630 mingdan ziyod nogironlgi bo‘lgan shaxs bo‘lib ulardan 162,2 ming nafari mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatli. Ammo ulardan faqatgina 21,1 ming nafari (13%) rasmiy ish bilan band ekanligi maʼlum. Toshkent shahrida 2019 yil holatiga ko‘ra 54454 nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib ularni munosib ish bilan taʼminlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida ko‘riladi.

2021-yil 16 yanvar kuchga qirgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son qonuninig 7-bobida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilishi va bandligi kafolatlangan bo‘lsada, amalda ularning mehnat qilishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni tashkil etish talabga muvofiq emas. Jumladan xodimlarining soni yigirma nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda xodimlar umumiy sonining kamida uch foizi miqdorida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni saqlanishi belgilangan bo‘lsada hususiy va davlat sektorida bunday choralarni ko‘rishda kamchiliklar kuzatilmoqda.

Bu holat nogironligi bo‘lgan shaxslar hususan gapirish va eshitish qobiliyati cheklanganlar noqonuniy tarzda avtoturargohlar va shu kabi tuzilmalarda shuningdek ko‘rish bo‘yicha va tayanch harakati cheklangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar chorrahalar va bozorlarda tilanchilik kabi yomon illat hisoblangan faoliyat bilan shug‘illanishga mahkum bo‘layotganlari bilan ifodalanadi. Shu sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huqularini taʼminlashda jamoatchilik nazorati zarurligi his etilyapti. Shu sababli tashkilotimiz quyidagi loyihani amalga oshirishga qaror qildi.

Loyihaning nomi: “Nogirongligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan va zahiraga olingan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish”

Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

Loyihaning umumiy byudjeti: 40 000 000 so‘m

Loyihaning davomiyligi: 2021 yil 1-sentyabrdan 2022 yil 1-sentyabrga qadar (12 oy)

Loyiha hamkorlari: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi

 

Loyihaning maqsadlari:

  1. Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanishi shart bo‘lgan korxona va tashkilotlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
  2. Ish beruvchilarni qonunchilikda ko‘rsatilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlari va ular uchun ajratilgan kvotalar haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish.
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ularining qonunchilik bilan kafolatlangan mehnat huqulari haqida habardorligini oshirish va ularning bandligini taʼminlash uchun turli maslahatlar berish va munosib ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish.

 

Loyihaning asosiy vazifalari:

  1. Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar ayniqsa yoshlar uchun ajratilgan ish joylarining eng kam miqdori belgilanishi talab etilgan korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirish.
  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, ular uchun ajratilgan uch foizli kvota shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va ular uchun teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida ish beruvchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish.
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini, ular uchun O‘zR qonunchiligida belgilangan mehnat imtiyozlari, munosib ish izlash jarayenida rezyumeni to‘g‘ri tayyorlash va o‘zlarini mehnat bozorida targ‘ib qilish uchun o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish.
  4. Jamoatchilik nazorati va olib borilgan tadqiqotlar asosida ilmiy-amaliy maqolalar chop etish va mahalliy ommaviy ahborot vositalari orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlari borasidagi tahlil qilingan muammolar va ularni yechish uchun taklif qilinayotgan asoslangan takliflar haqida keng jamoatchilikni habardorligi oshirish.
  5. Loyiha yakunida nogironlingi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra Bandlik va mehnat munosbatalari vazirilgi va boshqa mahalliy hamkorlar bilan konferensiya uyushtirish va manfaatdor idoralarga sohani yaxshilash bo‘yicha zarur takliflar kiritish.

 

Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari:

  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida sohaga oid belgilangan qonun va qonun osti hujjatlarning yagona bazasini shakillantirish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlar asosida Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi 1000 tashkilotni tanlab olish va ular bilan rasmiy murojaat yuborish orqali aloqa o‘rnatish va ushbu bilan ular ustidan soha bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
  3. Tanlab olingan tashkilotlar bergan rasmiy javob xatlari asosida monitoring izlanishini tashkil etish.
  4. Nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar o‘rtasida ularning sohaga oid huquq va erkinliklari to‘g‘risida ommaviy targ‘ibot ishlarini uyushtirish.
  5. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan ish beruvchilar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida davlat va hususiy sektor vakillari o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish.
  6. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish borasidagi huquqlari va ularni bandliklarini taʼminlagan yuridik shaxslar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar jamlangan 2ta qo‘llanmani bosma va audio formatda chop etish va tarqatish.
  7. Bajarligan ishlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik uchun axborot uzatilishni tashkil etish.

 

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

Tanlab olingan 1000 ta tashkilot ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish orqali ularning rahbarlari o‘rtasida Qonunda belgilangan majburiyatlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. Nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarning mehnat bilan band bo‘lish borasidagi huquqlariga oid xabardorliklarini oshirish va manfaatdor idoralarga bajarilgan jamoatchilik nazorati asosida tegishli takliflarni ishlab chiqib kiritishga erishiladi.

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qilishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.