13-may kuni “Nogironligi boʻlgan bolaning oiladagi o‘rni” mavzusida “SHAROIT PLYUS” NNT treneri Sofiya Akramova tomonidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi.

Hech bir oila kelajakda farzandi nogiron bo‘lib tug‘ilishi mumkinligi haqida taxmin qila olmaydi. Va bu sodir bo‘lganda, ko‘pincha bunday hollarda ota-onalar «maxsus bolalar» dan voz kechishadi… Aynan o‘z farzandlarini qabul qilish va tarbiyalash uchun kuch topa olgan ko‘p oilalar bizning tashkilotimizda qatnashadilar. Bu Ota-Onalar jamiyatning qiyinchiliklari va dogmalariga qaramay, o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qiladi, tarbiyalaydi va sevadi.

Suhbat jarayonida

Ularni korganlar hayratda qoladilar, ba’zan qahramonlar ham deb atashadi. Ammo bu qahramonlar ham ko’p qirrali yordamga muhtoj – moliyaviy, tibbiy, ijtimoiy, psixologik. Uchrashuvda trenerimiz Sofiya Akramova ota-onalar bilan alohida ehtiyojli bolalarni parvarishlash va tarbiyalash muammolarini muhokama qildi, shuningdek, moddiy qiyinchiliklar, inklyuziv ta’lim, onalarning psixologik holati haqida gapirdi.

Matonatli Onalar

Suhbat yakunida maslahatlar va fikrlar almashildi.

Ishtirokchilarning fikrlari:

«Ochiq suhbatimiz menga juda yoqdi. Rahmat. Ushbu tadbirlarni ko‘proq o‘tkazing.»

 

«Bugungi kunim ajoyib o‘tdi. Men qiziqarli va foydali maslahatlar oldim. Ochiq suhbatingiz tufayli yangi yaxshi insonlar bilan uchrashdim, suhbatlashdim.»

«Bugun men boshqa onalar bilan uchrashganimdan juda xursand bo‘ldim. Ular menga katta motivatsiya berishdi. Yangi aʼzomiz bilan ham tanishdim. U bilan fikr almashish juda yoqimli bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil eting.»

Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.