7-10 iyul kunlari YXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Inson huquqlari bo‘yicha Xelsinki jamg‘armasi bilan birgalikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari monitoringi” mavzusida trening tashkil qildi.
Tadbirda “SHAROIT PLYUS” NNT raisi Muxabbat Rahimova, jamoatchilik bilan aloqalar koordinatori Sofiya Akramova, hamda tashkilot a’zolari Egamov Murod, Shermuxamedova Mastura va Rajametov Yodgor ishtirok etishdi.

“SHAROIT PLYUS” NNT raisi Muxabbat Rahimova
Inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat YXH xavfsizlik konsepsiyasining asosiy elementi hisoblanadi. YXHT oʻzining 57 ta aʼzo davlatidagi inson huquqlarini kuzatib boradi, ularning barchasi har bir inson tugʻilgandanoq bu huquqlarga ega ekanligini va inson huquqlari ajralmas va qonun bilan kafolatlanganligini tan olgan. Shu sababli, YXHT mintaqasida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish va rag’batlantirish Tashkilot faoliyatining markaziy elementidir.

Jamoatchilik bilan aloqalar koordinatori Sofiya Akramova
Seminar oflayn va onlayn (Zoom orqali) o’tkazildi.
Muhim savollar va masalalar muhokama qilindi, masalan:
- Monitoring – asosiy tushunchalar, uning nodavlat tashkilotlari strategiyasidagi o’rni;
- Nogironlarning huquqlari – nimalar nazorat qilinishi mumkin? Monitoring etaplari;
- Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish ehtiyojlari uchun qonunchilikni tahlil qilish;
- Monitoring konsepsiyasi;
- Monitoring ehtiyojlari uchun axborot to’plash manbalari, usullari va vositalari – O’zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini monitoring qilish doirasida axborot to’plash manbalari va usullarini joriy etish va muhokama qilish;
- Ma’lumotlarni qayta ishlash;
- Hisobot bilan ishlash;
Trening yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan almashdilar. Ishtirokchilarning fikrlari:
«Menga trening juda yoqdi. Men murabbiylar bergan barcha bilimlarni amalda qo‘llashni boshladim. Noqulay va yomon panduslarni suratga olyabman, huquqiy savodxonlikni o‘rganishni davom etyabman. Kelgusida men nogironligi bo’lgan odamlarning huquqlarini himoya qilishni rejalashtirmoqdaman, chunki jamiyat ularga juda adolatsiz munosabatda bo’ladi.» – Murod Egamov
«Bunday treningda birinchi marta qatnashyapman. Menga juda yoqdi, lekin hali o’rganishim kerak bo’lgan narsa juda ko’p. Endi tadbirlarda ko’proq qatnashaman». – Mastura Shermuxamedova
Mashg’ulotlar Inson huquqlari bo’yicha Xelsinki Fondi trenerlari tomonidan olib borildi: Aleksandra Ivanovska, Lenur Kerimov.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

NJB «SHAROIT PLYUS» a’zosi Murod Egamov sertifikati
