Surat muallifi: ArlanPhoto 

Oʻzbekistondagi ochiq mehnat bozorda nogironligi bo‘lgan yoshlarning qobiliyati, bilim va ko‘nikmalariga ish beruvchilar tomonidan ishonchsizlik hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga aksariyat hollarda past malakali, jismoniy mehnatni talab qiluvchi ishlarni taklif qilishadi. Ular uchun maxsus kasb-hunar kollejlarida esa hozirgi zamon talablariga mos keladigan kasblarga o‘qitish ommalashmagan.

Aksariyat nodavlat taʼlim muassasalarida nogironligi bo’lgan yoshlar uchun sharoitlar mavjud emasligi va u yerda taklif qilinayotgan zamonaviy kasb-hunar kurslari xarajatlarini qoplashga mablag‘ yetishmayotganligi sababli ko‘plab nogironligi boʻlgan yoshlar turli xil to‘siqlarga duch kelayotgani barchamizga ma’lum.

Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun kreativ industriya sohalarida kasb-hunar kurslarni tashkil etish loyihasi Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi moliyaviy koʻmagi asosida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Loyihaning maqsadi — nogironligi boʻlgan yoshlarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiradigan zamon bilan hamnafas kasblarga oʻqitish. Uch oy davom etadigan ijtimoiy media marketingi (SMM), fotografiya va videomontajni oʻrgatishga qaratilgan kurslarni ishlab chiqish va tashkil etishdan iborat.

Loyiha nomi: «Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kreativ industriya yoʻnalishlarida kasb-hunar kurslarini tashkil etish»

Loyiha donori: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

Loyihaning byudjeti: 393 473 074 so‘m

Loyiha muddati: 1 yil (2023-yil 28-sentyabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha)

Loyiha hamkorlari: (ma’lumot toʻldirib boriladi)

Loyihaning maqsadini belgilaydigan beshta asosiy vazifa:

  • Nogironligi bo‘lgan yoshlarga ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan kasbiy taʼlim tajribasini taqdim etish – bugungi raqamli jamiyat uchun muhim sohalarda, xususan, ijtimoiy media marketingi (SMM), fotografiya va videolarni tahrirlash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish. Olingan bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash uchun amaliyotlarni tashkil etish;
  • Ochiq mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish – ishtirokchilarga ishga joylashish imkoniyatlarini yaxshilaydigan amaliy ko‘nikmalarni berish. Ijtimoiy media marketingi, fotosuratlar va videolarni tahrirlashga eʼtibor qaratish orqali ularga ijodiy sanoat bozoriga mos xizmatlar taqdim etish va shu orqali ularning mehnat bozoriga kirish hamda o‘z imidjlarini oshirish imkoniyatlarini taqdim etish;
  • Raqamli inklyuziyani targ‘ib qilish – ushbu tashabbus raqamli inklyuziyaning himoya platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun maxsus kurslar ishlab chiqish orqali raqamli jamiyatda ham taʼlim va professional muhitga qo‘shilish muhimligini kurs tinglovchilariga yetkazish;
  • Ijodiy ifodani rivojlantirish – loyiha ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga qaratilgan. Fotosurat va videoni tahrirlash kurslari orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarda muvaffaqiyat va o‘ziga ishonch hissini uyg‘otgan holda o‘zlarini ijodiy qobiliyatlarini namoyot eta olishlari uchun platforma taqdim etish;
  • Mentorlik va qo‘llab-quvvatlash – loyihada ko‘nikmalar o‘zlashtirishdan tashqari, ishtirokchilar tajriba almashishlari, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovchi hamjamiyatni yaratish ko‘zda tutilgan. Jamoaviy rivojlanishga yo‘naltirilgan ushbu jihat uch oylik dasturdan tashqari doimiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash, doimiy o‘sish uchun kuchli aloqalarni o‘rnatish va resurslarni yaratishga qaratilgan.

Ushbu loyiha maqsadi ko’p qirrali bo‘lib, belgilangan uch oylik muddatda ko‘nikmalarni rivojlantirish, ishga joylashish, raqamli inklyuzivlikni rag’batlantirish va inklyuziv kreativ jamiyatni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

Kurslarda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL, ishtirokchilar TANLOV asosida qabul qilinadi.

*Ushbu loyihaga qabul tez orada boshlanadi! Loyiha haqidagi barcha yangiliklarni rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Loyiha koordinatori: Mohistara Muhammadyunusova (E-mail: m.muhammadyunusova@sharoitplus.uz)

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Kurslar kuratorlari va ularning yordamchilari: (vakansiyalar e’lon qilinadi)

Imo ishora tili tarjimoni: (vakansiya e’lon qilinadi)

 

Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni sharoitplus@gmail.com elektron manziliga yuboring.

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/