Nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarni NJB “SHAROIT PLYUS” loyihasida ishtirok etishga taklif etamiz

Assalomu alaykum Hurmatli Onajonlar,

“SHAROIT PLYUS” Nogironlar Jamoat Birlashmasi nogironligi boʻlgan farzandi bor onajonlarimiz uchun 2021 yil 1-fevral oyidan yangi loyiha “Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarni jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi nogironligi boʻlgan farzandlari bor ota-onalarni va nogironligi bor kishilarni huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish. Toshkent shahridagi nogironligi bor bolalarning onalarini va nogironligi boʻlgan shaxslarni jamoaviy video uslubidan foydalangan holda oʻz huquqlarini himoya qilish uchun oʻz salohiyatlarini oshirish.

Ushbu loyiha “SHAROIT PLYUS” NJB maqsadidan kelib chiqib, Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ota-onalarning hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoaviy videodan foydalangan holda ularni qiynayotgan huquqiy, psixologik va jamoatchilik bilani bogʻliq muammolari oʻrganish, huquqiy savodxonligini kengaytirish va oʻrganilgan muammmolar oʻzlarining roziligi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. Loyiha jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova rahbarligi ostida 2021-yil 1-fevraldan 2021-yil 1-iyulgacha olib boriladi.

Loyihamizga nogironligi boʻlgan farzandi bor onajonlarimizni va nogironligi boʻlgan shaxslarni taklif qilamiz. Agar sizda loyihamizda qatnashish istagi bo’lsa quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

Loyiha rahbari: Raximova Muxabbat: +998 99 817-24-64;

Loyiha kordinatori: Qosimova Shodiyaxon: +998 99 306-90-33.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot: https://sharoitplus.uz/toshkent-shahrida-nogironligi-bo-lgan-farzandlari-bor-ota-onalarni-jamoaviy-video-orqali-qo-llab-quvvatlash/

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.