Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash muammolari mavzusidagi xalqaro konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tashabbusi  va NJB “SHAROIT PLYUS” bilan hamkorlikda Samarqand xayriya yarim marafoni doirasida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazdi.

23 fevral soat 9:00 dan 13:00gacha nogironligi bo‘lgan insonlarni O‘zbekiston mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash muammolariga qaratilgan xalqaro amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tomonidan tashkil etildi va konferensiyada Zoom orqali xalqaro ekspertlar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar ham ishtirok etishdi.

Konferensiyada YuNISEF, EXHT, BMT, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, NJB “SHAROIT PLYUS” loyihasi rahbari va koordinatori, boshqa tashkilotlar va Rossiyalik aktrisa, “Reakomp” Butunrossiya ko‘zi ojizlar jamiyatining professional reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash instituti bitiruvchisi, yuqori toifadagi tiflosharhlovchi Irina Bezrukova ishtirok etadilar. Irina inklyuziya sohasida loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Xalqaro mehnat tashkilotining katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup konferensiyada Zoom orqali nutq so’zlayapti

BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirish qo‘shma loyihasi doirasida NJB Sharoit+ amalga oshirayotgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi koordinatori Anisa Shamsutdinova ham konferensiyada www.ishplus.uz (ishlab chiqish jarayonida) maxsus portali va nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat qilish huquqlari kiritilgan milliy qonunchilik haqida taqdimot qildi.

NJB “SHAROIT PLYUS” loyiha koordinatori Anisa Shamsutdinova taqdimot jarayonida

Shuningdek, loyiha rahbari Dilmurod Yusupov “Buyuk Britaniyaning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’lminlash tajribasi” haqida taqdimot qildi.

Taraqqiyot Tadqiqotlari Instituti, Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov Buyuk Britaniyaning inklyuziv mehnat tajribasi bilan bo’lishmoqda

Tadbir yakunida 2021 yil o‘tkaziladigan Samarqand xayriya yarim marafoni mavzusi sifatida “O‘zbekistonda inklyuziv mehnatni targ’ibot qilish”ga kelishib olindi. Yaqin orada Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va NJB “SHAROIT PLYUS” o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish o‘rinlarni bilan ta’minlash va bu sohada madaniyat muassasalari rolini oshirish maqsadida o‘zaro kelishuv memorandumini tuzish jarayonida.

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/