Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish muammosi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida muhokama qilindi

NJB Sharoit+ amalga oshirayotgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi rahbari va koordinatori Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etishdi va vazirlik bilan o‘zaro ijtimoiy hamkorlikni o‘rnatishdi.

2021-yil 12-yanvar Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan davra suhbatida ishtirok etishdi. Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Muxitdinov Erkin Madorbekovich, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Abdurahmonov ishtirok etib mamkalatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi keng muhokama qilindi va 2021-yilga reja qilingan ishlar haqida kelishib olindi.

O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Abdurahmonov

Muhokamada Sharoit+ amalga oshirayotgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov va loyiha koordinatori Anisa Shamsutdinova faol ishtirok etishdi. Natijada vazirlik bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, shuningdek, nogironligi bo‘yicha hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Muhokama jarayonida

Vazirlikning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda 629,3 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 162,2 ming nafari mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatli deb topilgan. Bu ko‘rsatkich jami nogironlarning 25%ni tashkil etadi. Shu jumladan, 7,2 ming nafari 1-guruh, 105,3 ming nafari 2-guruh, 49,7 ming nafari 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mehnatga layoqatli bo‘lgan shaxslarni kasbi bo‘yicha tahlil qilganimizda 5,6 ming nafari o‘qituvchi, 2,7 ming nafari xamshira, 62,1 ming nafari ishchi hamda 60,8 mingdan ortig‘i boshqa kasb egalari bo‘lsa, 31 ming nafarini kasb malakasi yo‘qligi aniqlandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat bozorida turli ko‘rinishdagi to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishmoqda. COVID-19 pandemiyasi va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Bu haqida batafsil “Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?” maqolasida o‘qishingiz mumkin.

 

Aloqa uchun: Anisa Shamsutdinova, +998 93 3855893, sharoitplus@gmail.com

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/

Tags: