5 avgust kuni nogironligi bo‘lgan bolali onalar bilan sport va uning organizmga foydalari haqida ochiq suhbat o‘tkazildi. Tadbirga Yevropa tibbiyot universiteti eksperti, katta o‘qituvchisi – Dilnavoz Berdiyeva Toshkanova taklif etildi.
Dilnavoz Berdieva Toshkanova sport va tibbiyot sohasida mutaxassis. Mutaxassisimiz O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, va Yevropa tibbiyot universitetida ishlaydi.

Dilnavoz Berdieva Toshkanova
“Ko‘p ota-onalar nogironligi bo’lgan farzandlarini nafaqat jamiyatga ko‘rsatishdan uyaladilar, balki shu sababli ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmaydilar” – Dilnavoz Berdiyeva.
Ko’p ota-onalar nogironligi bo’lgan bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazmaydilar. Ular nogironligi bo’lgan farzandlarini uyda qamab qo’yishga harakat qilishadi. Ota-onalar shu tarzda xavfsizroq bo’ladi deb o’ylashadi. Lekin bu noto’g’ri. Siz jamiyatdan uzoqlashtirib, bolaning ma’naviy rivojlanishiga zarar yetkazasiz. Maxsus ehtiyoji bo’lgan bolalar hamma kabi muloqotga, do’stlikka, qo’llab-quvvatlash va sportga muhtoj.

«Qo’rqmang! Borib jamiyatga farzandingiz haqida gapiring. Bu uning kamchiliklari emas, xususiyatlari!»- ekspert.
Bolalarni hayotida sportning ahamiyati katta. Sport bilan shug’ullanadigan nogironligi bo’lgan bolalarning suyak-bo’g’im va mushak tizimlarida bir qator ijobiy o’zgarishlar olib keladi. Trening natijasida asab jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligi kuchayadi, bu esa tana funktsiyalarini tartibga solishning yaxshilanishiga olib keladi.
O‘zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar yildan-yilga kengaymoqda. Mutaxassisimiz Dilnavoz Berdiyevaning fikricha, maxsus ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun eng yaxshi sport turi bu gimnastika va suzishdir. Ushbu sport turlarining ijobiy tomonlari:
- Qon to’planishini kamaytiradi;
- Qon aylanishini yaxshilaydi;
- Mushaklarni mashq qiladi;
- Hech qanday yomon ta’siri yo’q;

Ishtirokchilar
Ochiq suhbat yakunida mutaxassisimiz onalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi:
Muxlisa Ergasheva-ona: Qizimni bir oy suzish darsiga olib bordim. Uning jismoniy nuqsoni bor. Lekin natija bo’lmadi. Nega?
Mutaxassis: Siz kutishingiz kerak. Natija albatta bo’ladi. Darslarga qatnashishda davom eting. Bu bolangizga ijobiy ta’sir qiladi.
Nodira Humaniyozova-ona: O’g’limni qaysi sport turiga yuborishim kerak? Uning aqliy zaifligi bor, lekin jismonan u butunlay sog’lom va juda kuchli.
Mutaxassis: Siz uni suzish sport turiga olib chiqishingiz kerak. U suzish orqali tajovuzkorlikdan xalos bo’ladi, shuningdek, tinchlantiradi.
Nazira Sharipova-ona: Qizim uchun yaxshi suzish bo‘yicha murabbiy topolmayapman. Uni jismoniy nuqsoni bor. Oddiy murabbiylar u bilan qanday mashq qilishni bilishmayabdi. Nima qilishimiz kerak?
Mutaxassis: Murabbiyimiz Lutfullo Fayzullaevdan yordam so’rashingiz mumkin. Shuningdek, rejalarimizda tez orada nogironligi bo’lgan insonlar uchun bepul sport to‘garaklarini ochishni rejalashtirganmiz.
Sofiya Akramova: Sizning sport universitetingiz a’zolarimiz uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qila oladimi?
Mutaxassis: Ha, albatta. Oktyabrga yaqinroq, biz ochiq eshiklar kunini tashkil qilishimiz mumkin. Aniq sanani keyinroq e’lon qilaman.

Ishtirokchilar
Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.
