Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi tomonidan Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun eʼlon qilingan ijtimoiy buyurtma g‘olibi bo‘ldi.

Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning munosib bandligini taʼminlash eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu borada davlatimiz tomonidan ko‘pgina chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo ijobiy o‘zgarishlarga qaramay nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandlik masalasi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.

Qonun hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xodimlar soni 20 tadan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda ish o‘rinlarining kamida 3% zaxiralash belgilanganligiga qaramay ushbu mexanizm amalda samarali ishlamayapti. Asosiy sabablardan biri – ish beruvchilar kvota ish o‘rinlariga mos bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni topishda qiynalmoqdalar. Aksariyat hollarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini olib borishlari uchun mos bo‘lmagan ish o‘rinlarini zaxiralanyapti.

Bundan tashqari, ish beruvchilarda nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga nisbatan salbiy stereotiplar shakllangangan va ko‘pgina ish beruvchilar bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan taʼminlaganliklari uchun davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan bexabarligicha qolmoqda. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda, «SHAROIT PLYUS» NJB Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi bilan ijtimoiy byurtma asosida quyidagi loyihani amalga oshirishni boshladi.

Loyihaning nomi: Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarning munosib ish topishlarida davlat tomonidan belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanishini taʼminlashga ko‘maklashish

Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi

Loyihaning umumiy byudjeti: 60 000 000 so‘m

Loyihaning davomiyligi: 2023-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-maygacha (3-oy davomida)

Loyiha hamkorlari: Mirzo Ulug’bek tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, www.ishplus.uz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus rekruting veb-portali.

Loyihaning maqsadlari:

  1. Toshkent shahrida ish beruvchilar tomonidan amalda zaxiralangan ish o‘rinlarining aniqlash va ushbu ish o‘rinlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni yo‘naltirish;
  2. Ish beruvchilarda nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida shakllangan salbiy stereotiplari yo‘qotish shuningdek ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlari uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanishda xabardorligini oshirish va ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun ularni ABKMlarga yo‘naltirish;
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkilotlarda zaxiralanadigan kvota ish o‘rinlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Loyihaning asosiy vazifalari:

  1. Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlash va mehnat huquqlaridagi imtiyozlari bo‘ycha xabardorligini oshirish uchun, Toshkent shahridagi tuman xokimliklarining qarorlari asosida nogironlikka ega shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralagan 100 nafar ish beruvchini qamrab olish va ularning ishtirokida hamda mehnat organlari bilan hamkorlikda ikkinchi Inklyuziv biznes forumini tashkil etish;
  2. Toshkent shahridagi 100 nafar ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda davlat tomonidan belgilangan majburiyatlar va ushbu shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlar uchun belgilangan huquq va imtiyozlar bo‘yicha xabardorligini oshirish uchun mehnat organlari bilan hamkorlikda seminar-treninglarni tashkil etish;
  3. Loyihani amalga oshirish jarayonida kvotalangan ish o‘rinlarini samaradorligini oshirish uchun tadqiqot olib borish va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligiga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralashning taʼsirchan mexanizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy takliflarni taqdim etish;
  4. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora tadbirlarni OAV larda yoritish orqali keng jamoatchilik nazarini nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlashdagi muammolarga va ularning yechimlarini taklif etishga qaratish.

 

Loyiha rahbari: Aziz Abdullayev (Tel: +998 (93) 660-19-97 E-mail: aziz.abdullayev@ishplus.uz)

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Ish beruvchilar bilan ishlovchi malakali mutaxassis: Muzaffar Pulatov

Ish izlovchilar bilan ishlovchi malakali mutaxassis: Yulduz Nigmanova

Imo ishora tili tarjimoni: Go‘zal Rahmatullayeva

Ish beruvchilarga treninglar o‘tish bo‘yicha mutaxassislar: Muhabbat Rahimova, Dilmurod Yusupov, Ulug’bek Mamatxanov