2 iyul kuni «SHAROIT PLYUS» NNT tashabbusi bilan interaktiv formatda «Nogironligi bo‘lgan insonlarni huquqiy himoya qilish va ishga joylashtirish» mavzusida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda nogironligi bo‘lgan bolalarning yigirmaga yaqin onasi, shuningdek, yurisprudensiya va ish bilan ta’minlash sohasidagi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Suhbatning kirish qismida gender va ijtimoiy integratsiya bo’yicha mutaxassis Malika Inakova o‘zining hayotiy tajribasi prizmasidan gender tengsizligi haqida fikr bildirdi, misollar va muammolarga yechim keltirdi

Xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida davlatimiz «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan, bu esa ayollarni ichki ishlar organlari tomonidan himoya qilish uchun huquqiy asos va sababdir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, gender tengsizligi va ayollarning huquq va erkinliklarini buzishdagi asosiy to‘siq bu ayolning jamiyatdagi anʼanaviy roli va vazifalari haqidagi mavjud stereotiplardir. Va bu stereotiplarni buzish kerak.

Shuningdek, tadbirkor va «ANNISA» MCHJ asoschisi Muhayyo Usmanova so‘zga chiqdi. U nogironligi bo‘lgan odamlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va bepul kurslarni taklif qilib, o‘z tashkilotining faoliyati haqida gapirdi. Butun dunyo bo‘ylab brendni targ‘ib qilish bo‘yicha kelajakdagi rejalarini aytib berdi, va bu mahsulotlar maxsus ehtiyoji bor odamlar tomonidan qo‘l mehnatida yaratiladi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar fikr-mulohazalar bilan almashdilar.

Ishtirokchilarning fikrlari:

«Ushbu tematik uchrashuv menga juda yoqdi. Mutaxassislardan huquqiy maslahat oldim. Rahmat.»

«Bugun men ushbu formatdagi tadbirda birinchi marta ishtirok etdim. Bu erda men ishtirokchilar bilan uchrashdim, huquqiy maslahat oldik. Bunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil qiling.»

«Onalar va mutaxassislar bilan uchrashuv menga motivatsiya berdi. O‘z huquqlarim haqida bilib oldim. Tashkilot va mutaxassislarga rahmat.»

Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.