O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan odamlar umumiy aholi soniga nisbatan ancha yuqori darajadagi ishga joylashish muammosiga duch kelmoqdalar, so‘nggi yillarda ularning mehnat huquqlarini himoya qilishda erishilgan yutuqlarga qaramay. Ushbu holatni o‘zgartirish maqsadida «Sharoit Plyus» tashkiloti O‘zbekiston hukumati, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektor hamkorlari bilan birgalikda platforma yaratdi — Inklyuziv biznes-forumi (IBF), bu forumlar 2021 va 2023 yillarda o‘tkazilgan. Uchinchi forum 2025 yil aprel oyining oxiriga mo‘ljallangan.

IshPlus.uz platformasi yordamida 2021 yildan boshlab nogironligi bo‘lgan 500 dan ortiq kishining ishga joylashishiga muvaffaqiyatli yordam ko‘rsatilgan. Platforma nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni potensial ish beruvchilar bilan bog‘lab, nomzodlarga o‘z ish tajribasini, mutaxassisligini, kutgan maosh darajasini va nogironlik holati haqidagi ma’lumotlarni kiritish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, maslahatchilar ish beruvchilar bilan ishlashib, inklyuziv ish muhitlarini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlarining amalga oshirilishini ta’minlashga yordam beradi. Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, IshPlus.uz kabi tashabbuslar ijobiy ta’sir ko‘rsatib, hamma uchun teng ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashga intiladi.

Uchinchi Inklyuziv biznes-forumi (IBF) O‘zbekistondagi biznes va ijtimoiy soha o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib ish o‘rinlari va ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan. Forum mahalliy kompaniyalar va tadbirkorlar o‘rtasida inklyuziv ishga joylashtirish amaliyotlarini joriy etishga yordam beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilar 100 ga yaqin forum ishtirokchisi bo‘lib, ularga o‘zbek kompaniyalari va tadbirkorlari, nodavlat va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, davlat idoralari va boshqa manfaatdor tomonlar kiradi.

Loyihaning nomi: «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta’minlash maqsadida uchinchi Inklyuziv biznes-forumni tashkil etish»

Loyihaning donori: Stirling jamg‘armasi (AQSh)

Loyihaning byudjeti: 16 700 AQSh dollari

Loyihaning amalga oshirilish muddati: 2024 yil 25-noyabrdan 2025 yil 25-maygacha (loyihaning davomiyligi – 6 oy)

Loyihaning tashkiliy va metodologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA)

Loyihaning hamkorlari: Ish Plus – nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ishga joylashtirish bo‘yicha maxsus rekruting veb-portali, “Sharoit Plyus” NNT tomonidan IHMA huzuridagi “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, “PRAXIS PLUS” MCHJ ijtimoiy korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Imkon O‘zbekiston, UzNews, Gazeta.uz.

Ushbu hamkorlikdagi loyiha mahalliy korxonalar va tadbirkorlar o‘rtasida inklyuziv ishga joylashtirish amaliyotlarini rivojlantirishga, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaxshiroq ishga joylashish va ijtimoiy himoya imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Loyihaning maqsadlari va vazifalari:

  • Ish beruvchilarning fikrlarini o‘zgartirish: Mahalliy ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, O‘zbekistonning ochiq mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishdagi muvaffaqiyatli misollarini taqdim etish.
  • Inklyuziv mehnat masalalarni muhokama qilish: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishidagi muammoli jihatlarni muhokama qilish, shu jumladan, yuridik va kadrlar bo‘limlari (HR) uchun masalalarni ko‘rib chiqish.
  • Xususiy sektorni xabardor qilish: Xususiy sektorga inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat subsidiyalari va imtiyozlari haqida ma’lumot berish.
    Jamoatchilikni xabardor qilish: Mahalliy media platformalari orqali inklyuziv ishga joylashish bo‘yicha ma’lumot tarqatishni qo‘llab-quvvatlash.
    “PRAXIS PLUS” MCHJ xizmatlarini namoyish etish: «Sharoit Plus» NNT tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan inklyuziv ishga joylashtirish xizmatlari va boshqa tashabbuslarni taqdim etish.
  • Eng yaxshi amaliyotlarni tarqatish: O‘zbekistonda inklyuziv ishga joylashish amaliyotlarini ilgari surishdagi eng yaxshi yechimlar va muvaffaqiyatli tajribalarni namoyish etish.
  • Tahliliy xulosa va harakatlar rejasi ishlab chiqish: Xususiy sektor va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari bilan o‘tkazilgan muhokamalar asosida tahliliy xulosa va harakatlar rejasini tayyorlash, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga va IHSAga taqdim etiladi.
Loyihadan kutilyotgan natijalar:
  • O‘zbekistonda nogironlikni va inklyuziyani hisobga olgan holda ishga joylashtirish amaliyotlarini ilgari surish maqsadida 6 ta vebinar o‘tkazish.
  • Uchinchi Inklyuziv biznes-forumiga ishtirokchilar soni: 100 kishigacha, mahalliy korxonalar va tadbirkorlarga e’tibor qaratilgan.
  • Forum dasturi: Tadbir dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Media materiallari soni: Mahalliy OAVda, jumladan, televideniye, internet nashrlari, blogerlar, hamkorlar media-resurslari va boshqalarda mediama’lumotlarni tayyorlash va nashr etish.
  • Tahliliy hisobot va harakatlar rejasi: Forum va boshqa tadbirlar yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobot va harakatlar rejasini ishlab chiqish.

 

Loyiha jamoasi:

Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov

Loyiha koordinatori: Dilovar Arabjonova

Loyiha buxgalteri: Iroda Narziyeva

PR menejeri: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi

SMM menejeri: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi

Grafik dizayner: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi

Fotograf: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi

Oldingi Inklyuziv biznes-forumlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun 2021 va 2023 yilgi tadbirlar sahifalarini ko’rib chiqing. Iltimos, loyiha bo’yicha savollar va takliflaringizni d.yusupov@sharoitplus.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/