Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining navbatdagi loyihasi “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a’zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish”. Loyihani amalga oshirish uchun Yunusobod tuman hokimligi va tuman Xalq deputatlari kengashi deputati Shavkat Sayfullayevni amaliy yordamlari bilan «Bobodehqon» MFY hududida eski bino ijaraga olishga erishildi. Binoni ta’mirlash uchun Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlaridan homiylik yordami ajratildi. Ammo ushbu binoni to‘liq taʼmirlash uchun qo‘shimcha mablag’ kerak bo‘lyapti.

Muammoni aniqlash:

Yunusobod tumani Xiyobon ko‘chasi 22-uy “Bobodehqon” MFY hududida tashkilotimiz imtiyozli narxlarda ijaraga olgan bino juda taʼmir talab ahvolda. Bino 100 kv. m. xona oldi 30 kv. m. keladigan ochiq ayvon va yon tomonida 30 kv. m. keladigan tahorat xonasidan iborat. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoit ham, qulaylik ham, isitish tizimi ham, yoritish tizimlari ham mavjud emas.

Maqsad:

Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida 10 ish o‘rinli tikuv sexini ishga tushirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar har tomonlama salohiyatlarini oshirish, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchilar uchun kelib bir-birlariga hunarlarini o‘rgatishlari va o‘zlarini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishlari uchun kovorking xonasi tashkil etish. Tikuv sexining faoliyati mavsumiy ishlab chiqarish deya reja qilingan va kovorking xonasi mutlaqo bepul tarzda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Loyiha maqsadini asoslash:

Tashkilotimiz 2018-yil nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni va nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarni tikuvchilik borasida bilim ko‘nikmalarini oshirish va ish bilan taʼminlash maqsadida Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan «Ayol qo‘li sanʼat javhari» nomli loyihamiz uchun 29 500 000 so‘m miqdorida grant olishga muvofiq bo‘lganmiz. Loyihamizni amalga oshirish uchun 4 dona oddiy chok, 3 dona overlok, 1 dona rasshifrovka mashinkalarini, bir dona elektr bichuv qaychisi va dazmol xarid qilganmiz.

Eski binoni ichki ko‘irnishi

Ammo tikuv sexi uchun joy masalasi muammo bo‘lganligi sababli, ijaraga olish uchun yetarli mablag‘imiz yo‘qligi uchun biz loyihamizni reja qilganimizdek amalga oshira olmadik. Tikuv mashinkalari uzoq turish natijasida o‘z yaroqli holatini yo‘qotishi mumkin, shularni inobatga olgan holda mashinkalarimizni Yunusobod tumani hokimiyati balansida turgan joyni imtiyozli ravishda ijaraga joy olishga muvaffaq bo‘dik. Ammo ijaraga olgan joyimiz judayam taʼmir talab holatda.

Ichki ko’rinishi

Loyiha faoliyatini talqin qilish:

Vazifalar:

№

Bajariladigan ishlar

Muddati

Kerakli qurilish ashyolari

Kerakli qurilish maxsulotlari

1.

Xonani tamirlab, tikuv sexiga va Coworking xonasiga moslashtirish

   Aprel May oylari

Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklarGips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodoemulsiya va Krasitel

2.

Ish boshqaruvchi va xodimlar uchun xona

Iyun oyi

Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklarAkfa eshik romlar, Gips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodaimulsiya va Krasitel

3.

Oshxona

Mart, Aprel oylari

Smestitel, truba shpatellar va chelaklarKafel, sement, qum, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom

4.

Xojatxona

Mart, Aprel oylari

Smesitel, truba, shyotkalar, shpatellar va chelaklarKafel, sement, qum, sheybn, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom

 

Amalga oshirish zarur bo’lgan ishlar, va harajatlar summasi (hisoblash jarayonida)

№

Nomi

Birlikda soni

Birlikda summasi

Ko‘plikda soni

Ko‘plikda summasi

1.

Buzdirish va tozalatish

2.

Sxemasini chizdirish

3.

Tikuv sexiga moslashtirish

4.

Coworking xonasini moslashtirish

5.

Oshxona

6.

Xojatxona

7.

Ish boshqaruvchi va xodimlar uchun xona

8.

Hovlini tartibga solish

9.

Xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun kerakli ashyolarni joriy etish

 

Loyiha rahbari: Muhabbat Rahimova

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form 

Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa +998 (99) 817-24-64 telefon raqami orqali murojaat qiling.