Hurmatli kuzatuvchilar! Joriy yilning 6-iyun kuni soat 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?” mavzusida sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Podkastning navbatdagi mehmoni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i — O‘G‘ILOY O‘RAZOVA bo‘ldilar.
Powered by RedCircle
Podkast tinglovchilari:
1. Qo‘mita nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday ishlarni olib boryapti?
2. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma qanday beriladi.
3. Prezidentimiz tashabusi bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga ajratilgan subsidiya kimlarga berilyapti kabi va boshqa savollarga javob olishdi.
Vebsayt: http://xotin-qizlar.uz
Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan bog‘lanish uchun: Telefon: 71 202-10-76
Ruhiy zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun qisqa ishonch telefon 1146
