Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bosh ofisida joylashgan o‘quv markazida mobilografiya sohasidagi yetuk mutaxassis Said Amirxon Burxon Jamoliddin oʻgʻli videomontaj darsimizga mehmon-spiker sifatida tashrif buyurdi. Ushbu darslar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida “Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kreativ industriya yoʻnalishlarida kasb-hunar kurslarini tashkil etish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Videomontaj kursi kuratori – Urinov Ulug‘bek Esonboyevich hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universitetining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1991-yildan boshlab “Uzteleleradiokompaniya” rejissyori, Toshkent davlat madaniyat instituti talabasi, “Turon” teatr-studiyasi rejissyori, Toshkent madaniyat kolleji o‘qituvchisi, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti video studiya rahbari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Toshkent davlat yuridik universitetining matbuot kotibi, Toshkent davlat yuridik universitetining Media-markaz direktori kabi lavozimlarda katta tajriba va ko‘nikmalarni orttirgan mutaxassis hisoblanadilar.

Burxonbek mobilografiya bo‘yicha master klass darsi davomida

Burxonbek O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy axborot vositalari universitetini jurnalistika sohasi bo‘yicha bakalavr bosqichida tahsil olyapti. Mobilografiya va video operatorlik sohasida 2 yillik tajribaga ega. Hozirgi kunda Ma’naviyat bo‘limiga qarashli Yoshlar ittifoqi mobiligrafi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan avval Xalq demokratik partiyasi Yoshlar qanoti a’zosi sifatida yoshlar bilan ishlash bo‘limi mobilograf-montajyor sifatida ishlab kelgan.

Burxonbek mobilografiya bo‘yicha master klass darsi davomida

Ma’lumot uchun, tashkilotimiz tomonidan hozirgi kunda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida “Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kreativ industriya yoʻnalishlarida kasb-hunar kurslarini tashkil etish” loyihasi doirasida fotografiya, SMM hamda videomontaj bo‘yicha kurslar davom etmoqda. Loyiha haqida batafsil havola orqali.