Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari bir xil postsovet imo-ishora tilidan foydalanadi ammo har bir davlatda o‘z madaniyati va an’analariga asoslangan o‘ziga xos imo-ishora tillari rivojlanyapti. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqil davlat bo‘lib, shu kungacha faqat 2005-yilda birinchi «O‘zbekiston karlarining imo-ishorali nutqi» nomli lug‘ati ishlab chiqilgan.
20 yil avval ishlab chiqilgan bu lug‘at eskirgan bo‘lib, madaniyatimiz va an’analarimizga ko‘ra so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi imo-ishoralarni aks etmagan. Shu sababli, zamonaviy IT sohasi va davr talablari asosida, madaniyatimiz va an’analarimizni inobatga olgan holda yangi lug‘atga ehtiyoj mavjud.
Loyiha O‘zbek imo-ishora tilini (OIIT) rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, onlayn lug‘at veb-sayti va mobil ilova yaratishni o‘z ichiga oladi. Ushbu resurslar OIITni o‘rganish va undan foydalanish uchun keng qamrovli va qulay platformani taqdim etadi, O‘zbekistonda kar va zaif eshituvchi shaxslar uchun standartlashtirilgan vositalarning yetishmasligi muammosini hal qiladi.
Tashabbus eshitish bo‘yicha nogironligi bor shaxslarni muloqot qilish, ta’lim olish va ijtimoiy inklyuziya orqali qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga OIITni mamlakatning madaniy merosining ajralmas qismi sifatida saqlash va targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Tilshunoslar, surdopedagoglar, karlar tashkilotlari, texnologiya mutaxassislari va eng muhimi kar va zaif eshituvchilarning o‘zlari bilan hamkorlikda loyiha qulay, barqaror vositalarni ishlab chiqadi, muloqot to‘siqlarini kamaytiradi va inklyuzivlikni rivojlantiradi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “O‘zbek ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-407-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Loyiha nomi: «O‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasini yaratish orqali rivojlantirish»
Loyiha donori: The Stirling Foundation (AQSh)
Loyihaning byudjeti: 30,120 AQSh dollari
Loyiha muddati: 2025-yil 14-maydan 2026-yil 14-mayga qadar (loyiha muddati 12 oy)
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Loyihaning maqsadi va vazifalari:
- Ushbu loyiha O‘zbek imo-ishora tili uchun qulay va standartlashtirilgan resurslarning yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan;
- O‘zbekistondagi kar va zaif eshituvchi shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘lgan imo-ishoralar onlayn lug‘ati va mobil ilovasini ishlab chiqish;
- O‘zbek imo-ishora tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Loyihaning maqsadli auditoriyasi:
- Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar: O‘zbekiston Karlar jamiyati tomonidan 2020-yil sentyabr oyida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilot hisobda 21 212 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
- O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari;
- Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari (5000 ga yaqin), pedagoglari va boshqa xodimlari;
- Kar va zaif eshituvchi bolalari bo‘lgan ota-onalar;
- Ichki ishlar navbatchilik qismlari va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining bazaviy so‘zlarni o‘rganishi;
- O‘zbek imo-ishora tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar va boshqa manfaatdor tomonlar.
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Loyiha eksperti: Mamur Axlidinov
O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari: Gulnora Mahkamova, E’zoza Axmedova
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni d.yusupov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (90) 115-65-67.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
