Surat: O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari

Loyihaning nomi: O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi (ingliz tilida Youth Employment Skills «YES» dasturi)

Loyiha donori: AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari amalga oshirayotgan dastur

Loyihaning umumiy budjeti: $184 066,57

Loyihaning davomiyligi: 4 yil (2022-yil 1-avgustdan 2026-yil 30-sentyabrgacha)

Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi vazirligi

Loyiha hamkorlari: World Learning, StartUp Factory va Ergo Analytics

Loyihaning maqsadi: 8-11-sinf o‘quvchilarini maktab va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda, shuningdek, amaliy, tajribaga asoslangan o‘quv dasturlarini va o‘quv amaliyotlarining sifati va dolzarbligini oshirish orqali yoshlarning O‘zbekistonning mehnat bozorida mahoratli xodim yoki tadbirkor sifatida ishtirok etishi uchun kerakli ko‘nikma va vositalar bilan taʼminlashdan iborat.

Bizning vazifalarimiz:

  • YES dasturining butun faoliyati, xodimlarini tanlash jarayonlari va maslahat kengashlari inklyuziv bo‘lishi va nogironligi bo‘lgan yoshlarni manfaatlarni ifodalashni taʼminlashiga ko‘maklashish;
  • 8-11-sinflar uchun tadbirkorlik va iqtisod bo‘yicha maktabda va maktabdan keyin qo‘llaniladigan o‘quv dasturlarini yangilash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tekshirish komissiyalarida ishtirok etish;
  • Gender tengligi va ijtimoiy inklyuziya (GESI) baholash tadqiqotini amalga oshirishda, maktabdan keyingi mashg’ulotlar va nogironligi bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
  • Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun veb-portalni qo‘llab-quvvatlash;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni banligini oshirish va ularga kerakli sharoitlar yaratish bilan bog’liq maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun treninglar o‘tkazish;
  • Advokatsiya kampaniyalarini o‘tkazishda yordam berish, qonunlarda o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha hukumat bilan muhokamalar va nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ijobiy rol modellarni taqdim etish;
  • O‘quvchilarni rag’batlantirish uchun jalb qilishning bir nechta vositalari, ular yangi o‘quv dasturlarini tushunishini ta’minlash uchun ko’plab vakillik vositalari va barcha uchun mahorat rivojlanishini ta’minlash uchun bir nechta harakat va ifoda vositalari bo’yicha muhim hissa va yetakchilikni ta’minlash;
  • O‘quv dasturlarini ishlab chiqishda  gender va nogironlik inklyuziyasini yanada ta’minlash uchun nogironligi bo‘lgan yosh ayollar va yoshlarni inklyuziv ishga olishni rag’batlantiruvchi xabarlar bilan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun xususiy sektor munosabatni o‘zgartirish;
  • Dastur ishlayotgan aholi vakillari bo‘lgan va mentor treninglarida muhim rol o’ynaydigan mentorlarni aniqlash va ularni tayyorlashda yordam berish;
  • Siyosat darajasidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamoatchilik kengashi faoliyatini YES dasturni qo’llab-quvvatlashga jalb qilish uchun hamkorlar bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib borish va ularning qiziqishini va xissasini kuchaytirish;
  • O‘quv dasturida, amaliy mashg’ulotlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan amaliy keyslarni yaratishda yordam ko‘rsatish va xabardorlik kampaniyasi orqali ijobiy xabarlarni kuchaytirish.

Loyiha maslahatchisi: Dilmurod Yusupov

Loyihaning nogironlik masalalari bo’yicha mutaxassisi: Ulug’bek Mamatxonov

Loyiha koordinatori: Shahodat Yo’ldosheva

Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva

Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: sharoitplus@gmail.com