2023-yil 31-may kuni soat 15:00 da 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va BMT ning bolalar fondi (UNICEF) bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish ishlari qanday olib borilmoqda?» mavzusida Sharoit+ podkast bo‘lib o‘tdi.
Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ota-onalarning tashabbuskor guruhi yetakchisi — Ikromova Shahnoza Maqsudovna O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish ishlari qanday olib borilmoqda? mavzusida podkast bo‘lib o‘tdi. Podkast mehmoni nogironligi bor bolalar ota-onalari tashabbus guruhi yetakchisi Shahnoza Ikramova bo‘ldilar. Podkast davomida, nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlari, jumladan, inklyuziv taʼlim sog‘liqni muhofaza qilish, ularni jamiyatga qo‘shish va boshqa masalalar yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga hissangizni qo‘shing.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.