Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 14-oktyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan chet mamlakatlarida o‘qitish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehm “El-yurt umidi” jamg‘armasi Ta‘lim dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovini tashkil etish bo‘limi yetakchisi mutaxassisi — Mohinur Rahimova.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Qanday hujjatlar talab etiladi va muddatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi 57-sonli qaroriga asosan har yili 20 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar chet eldagi Oliy ta’lim muassasalarda tahsil olishlari «El-yurt umidi» jamg’armasi tomonidan moliyalashtiriladi deb belgilab qo‘yilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarda qanday talablar qo‘yiladi? Ular qanday hujjatlarni topshirishlari kerak?
- Nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslardan IELTS sertifikati so‘raladimi? O‘qishga kirish tartibi qanday bo‘ladi?
Murojaat uchun telefon: «El-yurt umidi» jamg‘armasi hisobidan chet mamlakatlarida o‘qish masalari bo‘yicha Mohinur Rahimovaga +998 (90) 924-30-21 telefon raqami orqali murojaat qiling.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
