2024-yil 31-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari Mariyam Musoqova — “FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi direktori va asoschisi va Mirsaid Muxtorov – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi.

Boshlovchi va muuharrir: Dilmurod Yusupov, Imo ishora tili tarjimoni: Kamila Yakubjanova

Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob beramiz:

  • “FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi bu qanday ta’lim markazi? Uning maqsad vazifalari nimalardan iborat?
  • Maktabda inklyuziya sohasida qanday loyihalar amalga oshirilayapti?
  • “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aktyorlik studiyasi” nomli maxsus inklyuziv loyihaning maqsadi nima?
  • Va sizdan kelib tushga boshqa savollarga javob beramiz.

O‘sishingiz uchun ajoyib imkoniyatdan foydalaning!

“FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi haqida batafsil tashkilot vebsaytidan topishingiz mumkin: https://focusgroup.uz/uz

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.