2024-yil 26-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari “International inclusive hub” (Xalqaro inklyuziv hab) xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi direktori Badalova Madina Baxadirovna va mutaxassislari Sadullayeva Nigora Ruslanovna, Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi, Nurmanova Nurlana Djamaladdinovna, To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lishdi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov, Muharrir: Dilmurod Yusupov, Imo ishora tili tarjimoni: Zulfiya Kadirova
Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob berdik:
- “Xalqaro inklyuziv hab” o‘zi nima? Va bu markazning maqsad vazifalari nimalardan iborat? Bu davlat organimi yoki nodavlat tashkilotimi?
- Kreativ va IT sohasida nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarida o‘qishi mumkin? Qanday kurslar bor hozir?
- Ta’lim kurslariga yozilish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Bu kurslar bepulmi?
Tinglovchilarimizdan kelib tushga ushbu savollarga ham javob berdik:
- Qayerda o‘qiymiz? Xalqaro inklyuziv hab markazi qayerda joylashgan? To‘liq manzilingiz bormi?
- Mening farzandim ikkinchi guruh nogironi, hozirgi vaqtda Toshkent viloyatida universitetda tahsil oladi. O‘g‘limga o‘qish mobaynida qo‘shimcha ingliz tili va rus tili kurslariga qatnashish uchun qanday imtiyozlar bor. O‘g‘limning nogironligi jismoniy nogironlik. Iltimosim,nogironligi borlar uchun bepul kurslar tashkil qilinsa xursand bo‘lardik. Javob uchun oldindan rahmat!
- Ingliz tili kursiga ariza topshirgan edim. qachon boshlanishi kutilyapti. Javob uchun oldindan rahmat.
- O‘quvchilar yotoqxona bilan ta’minlanadimi o‘quv kursi paytida? Boshqa viloyatlardan kelib o‘qisa bo‘ladimi?
- O‘qish paytida stipendiya to‘lanadimi?
- Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar beriladimi? U sertifikatlar davlat tomonidan tan olinadimi?
- Agar qo‘shimcha savollar bo‘lsa kimga murojaat qilishlari mumkin? Telefon raqamlar bormi?
Kreativ va IT sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich professional ta’lim dasturlariga qabulni davom etmoqda:
- Teatr san’ati
- Zamonaviy kulolchilik
- Tasviriy san’at
- Fashion-dizayn
- Media
- Robototexnika va mexatronika
- Grafik dizayn
- 3D modellashtirish
- AKT
Ushbu kurslar haqida batafsil ma’lumotni markaz PDF qo‘llanmasidan olsangiz bo‘ladi. Xalqaro inklyuziv hab haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon raqam: (71) 202-48-48 Elektron manzil: info@iihub.uz.
Agar yoshingiz 14 dan 30 gacha bo‘lsa va ishtirokchi bo‘lishni istasangiz, havolaga bosing, yo‘nalishni tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: https://iihub.uz/uz/reg/
O‘sishingiz uchun ajoyib imkoniyatdan foydalaning!
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazining rasmiy sahifasi: https://t.me/iihubuz
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
