2024-yil 17-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining mehmoni Chevening dasturi koordinatori Shirin Toshxo‘jayeva bilan Buyuk Britaniyada magistratura bosqichida to‘la moliyalashtirilgan holda o‘qish imkonini beruvchi Chevening stipendiyasi haqida ochiq suhbat qildik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Muharrir: Dilmurod Yusupov
Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob berdik:
Chevening stipendiyasi qanday stipendiya? Iltimos ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot bering.
Uning talablari, foydali jihatlari va hujjat topshirish tartibi qanday?
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ushbu dasturga arizalarni qanday topshiradilar va ularga alohida qanday imkoniyatlar yaratilgan? Yoki ular ham boshqalar qatori bir xil hujjat topshiradimi?
Chevening dasturida ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish darajasi qanday bo‘lishi kerak? IELTS necha ball bo‘lishi kerak? Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyoz bormi?
Ish tajribasi bo‘yicha kamida 2 yil deb yozilgan ekan, bu tajriba davlat sektori, nodavlat notijorat tashkiloti yoki xususiy sektorda bo‘lsa ham bo‘laveradimi?
Men magistraturani Toshkent shahridagi Websterda tamomlaganman, lekin Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada ham magistratura qilmoqchiman. Chevening dasturiga qayta magistraturada o‘qishga topshirsam bo‘ladimi? Arizam ko‘rib chiqiladimi?
Chevening dasturini to‘lovlari yo‘qmi, Buyuk Britaniyaga borsam qiynalib qolmaymanmi? To‘liq sarf-xarajatlar qoplanadimi? Masalan, menga nogironligi bo‘lgan talaba sifatida ko‘proq xarajat bo‘lishi mumkin (shaxsiy assistant, Brayl texnika va boshqa oqilona qulayliklar), shunga xavotirdaman…
Magistraturani 1 yil taqolgandan so‘ng Buyuk Britaniyada ishga qolib ketsam bo‘ladimi? Yoki doktoranturaga kirsam bo‘ladimi?
Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘qimoqchi bo‘lsa ular Britaniya imo ishora tilini bilishi kerakmi shunda? Yoki ingliz tilini bilsa unga keyin qanday qilib dars jarayonlarida imo ishora tili xizmatini taqdim etish mumkin?
Buyuk Britaniyadagi universitetlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday qulayliklar yaratgan? Eng qulay universitetlar reytingi bordir balki? Boshqa nogironligi bo‘lgan talabalar dunyo bo‘ylab qaysi universitetlarga borishgan?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
