2023-yil 21-iyul «Nogironligi bo‘lgan shaxslar magistr va PhD darajasiga ega bo‘lishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?» mavzusida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i – Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich bilan ochiq suhbat qilgan edik.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar chet tili sertifikatini olishlarida bir qancha to‘siqlar bor bo‘lib, ular magistratura yoki doktoranturaga hujjat topshirishlarida istisnolar mavjudmi?
  • Bakalavr diplomi bahosi nechi tashkil etsa magistraturaga qabul qilinadilar davlat byudjeti asosida?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga magistratura va doktoranturada o‘qishlari jarayonida stipendiya to‘lanadimi? Agar to‘lansa xuddi bakalavrdagidek 50% li ustama bilan to‘lanadimi?
  • Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar magistraturada yoki doktoranturada o‘qishlari jarayonlarida imo ishora tili tarjimoni xizmati tashkil etilishi ko‘zda tutilganmi?
  • va boshqa savollar.

Magistratura va doktoranturga kirishda sizda yana qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bevosita murojaat qiling: Ishonch telefoni: 1006 va Call markaz : 71-230-64-64.

 

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.