Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 20-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez – ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar.

Powered by RedCircle

 Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  1. Nima uchun 1 oyog‘i uchun protez ishlatadigan insonlar va 2 oyog‘ uchun protez ishlatadiganlar uchun 2 yilda bir martta navbat keladi shuni muddatini kamaytirish mumkinmi? 2 yillik muddat ba‘zi vaqtlar ko‘plik qiladi ya‘ni 2 yilga bormay buzilib, sinib qoladi.
  2. Davlat tomonidan berilayotgan qo‘ltiq tayoq (kastel) beriladi ammo ularni tag qismida sifatli rezinkalar bilan qoplanishiga sizlar tavsiya berishingizni so‘raymiz.
  3. 1-guruh nogironlik aravachasida harakatlanadigan shaxslar uchun elektron nogironlik aravachasi olish tartibi qanday bo‘ladi?

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.