2023-yil 27-iyun kuni soat 15:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishlarida qanday imtiyoz va imkoniyatlar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bosh mutaxassisi — Jamshidbek Odilov bo‘ldilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

    1. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ikkinchi mutaxassislik ga topshirishda qanday imtiyozlar qo‘llaniladi,
    2. 2023-yil 1-yanvardan “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi”gi qarorlarida Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmsligi belgilab qo‘yilgan. Aynan ana shu masala bo‘yicha 2023 – 2024 o‘quv yili uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
    3. Yakka tartibda o‘qigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham hamma bilan bir xilda imtihon o‘tkaziladimi? kabi va boshqa savollarga javob olishdi.

Oliy taʼlim muassasalariga kirishda sizda yana qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos Bilim va malakalarni baholash agentligiga bevosita murojaat qiling:

Call-markaz qisqa raqami: 1195
Ishonch telefoni: +998 (95) 199-19-14

Bilim va malakalarni baholash agentligining telegramdagi rasmiy boti: https://t.me/e_dtm_bot va rasmiy kanaliga obuna bo‘ling: @BaholashUz

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.