2024-yil 27-sentyabr (juma) «Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar qanday?» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari Nazarov Farid Farxadovich (Boshqarma boshlig‘i), Komilov Qobil Ixtiyor o’g’li (Bo’lim boshlig‘i) va Ismailov Shahzod Zoir o‘g‘li (Bosh mutaxassis) bilan ochiq suhbat qilgan edik.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

Yordamchi assistent: Dilmurod Yusupov

Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari bu qanday markazlar? Ular nima uchun tashkil etilgan?

  • Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida nechta shunday markazlar bor? Markazlar qaysi hududlarda tashkil etilgan?

  • Markazlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga qanday ijtimoiy xizmatlarni taklif etyapti?

  • Ijtimoiy xodim kim va uning vazifalar qanday? Ijtimoiy xodimlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftarlari” kiritish va kiritmaslik hozir “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari zimmasidami? Bu daftarlar bilan kim ishlayapti hozir?

Tinglovchilardan tushgan yozma savollar ikkinchi qismida o‘qib berilib batafsil javoblar berildi.