Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 15-sentyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday soliq imtiyozlar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar soliq boshqarmasi inspektorlari — Barno Albekova va Anifa Abdurasulovalar bo‘lishdi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar, bir qancha soliqlardan ozod ekanliklarini bilib olishdi. Jumladan, imtiyozlar: Daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va bir qancha to‘lovlarni amalga oshirishda ham soliq foizlari qaytarilishi shular jumlasidandir.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘ida imtiyozlar bormi?
- Oilada nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lsa, mol-mulk solig‘idan ozod etiladimi? Yoki qay tartibda to‘lov qilinadi?
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini taʼminlagan tashkilotlarga qanday soliq imtiyozlari mavjud? Shu va boshqa dolzarb savollar o‘z javobini topdi.
Soliq masalalari bo‘yicha savol va takliflar uchun: Ishonch raqam 1198, +998 (78) 140-32-83; +998 (78) 140-32-62
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
