2024-yil 5-iyun “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta‘minlanyapti?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i bilan ochiq suhbat qilgan edik.

Powered by RedCircle

 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • Qonunchilikka ko‘ra xodimlar soni 20 nafardan oshgan barcha tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% miqdorida ish o‘rinlari zaxiralanishi ko‘zda tutilgan. Qonun ijrosi Vazirlar Mahkamasining 965-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ammo xodimlar soni 20 nafardan oshgan barcha tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralamaydilar. Masalan 2023-yil Olmaliq shaharda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun 70 ta tashkilot tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilgan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining 2 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiralangan.
  • Davlat boshqaruvi organlarida, Vazirliklar hokimliklarda Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota ish o‘rinlari zaxiralanadimi?
  • Ish2.mehnat.uz saytida zaxiralangan ish o‘rinlari bo‘yicha vakansiyalar mavjud bo‘lib ko‘p hollarda ushbu vakansiyalarga qiziqish bildirgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ish beruvchiga murojaat qilsa vakansiyalar nofaol bo‘lib chiqmoqda. Bunday vaziyatlarda ish izlovchi qanday chora ko‘rish kerak bo‘ladi
  • Ish beruvchi tomonidan yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rnini zaxiralashi belgilangan. Qanday qilib ish beruvchi ma’lum bir vakansiyani yil davomida zaxiralab qo‘yishi mumkin.  Masalan qorovul ish o‘rnini zaxiralagan ish beruvchi nogironligi bo‘lgan mos nomzod kelmaguncha bu ish o‘rnini saqlab turishi kerakmi yoki har oyda zaxiralangan ish o‘rni xususiyatlari o‘zgaradimi?
  • Bandlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga imo ishora tili tarjimoni zarur bo‘lgan xollarda qanday choralar belgilangan?
  • Bandlik xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga vakansiyalar bilan mustaqil tanishib chiqishlari uchun sharoitlar yaratilganmi?
  • Bandlik markazlarida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning xizmatlardan mustaqil foydalanishi uchun infrastruktura moslashtirilganmi?
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashda amalga oshiradigan alohida vazifalari hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan qanday vazifalari mavjud.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralagan tashkilotlar belgilangan talablarni bajarmasa qanday javobgarlik ko‘zda tutilgan?
  • 2023-yil hisobiga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish majburiyatini bajarmagan tashkilotlarning nechtasi javobgarlikka tortilgan?

Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga har bir nogironligi bo‘lgan shaxs uchun BHM ning 1.5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga mazkur subsidiyalar ajratilmayapti. Subsidiyalar qaysi tashkilot orqali va qachon ajratiladi.

  • Yaqin oylardan boshlab argos.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari e’lon etib borilmoqda. Mazkur ish o‘rinlari tashkilotlarda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari hisoblanadimi agar hisoblansa ish2mehnat.uz da ham bu ish o‘rinlari mavjudmi?
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi tizimida nogironligi bo‘lgan qancha xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar?
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligida oliy ta’lim muassasalarini tugatayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar mavjudmi va oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashda qanday choralar amalga oshirilmoqda?
  • Bugungi kunda Respublikada qancha nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlangan va qancha nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish vazifasi mavjud?