2024-yil 12-iyul “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish tartibi qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari Dadaboyev Azimjon Axmadjonovich (Bo‘lim boshlig‘i) va Boboxonov Saidmurodxon Baxtiyor o‘g‘li (Bosh mutaxassis) bilan ochiq suhbat qilgan edik.

Powered by RedCircle

 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun qanday sanatoriylar mavjud? Va bunday maskanlar qanday xizmatlarni ko’rsatadi? U yerdagi shart-sharoitlar qanday?
  • Sanatoriyalarga yo’llanma olish tartibi qanday? Yo’llanmalar qaysi mezonlarga mos keladigan nogironligi bo’lgan shaxslarga beriladi? Va u yo’llanmani har yili olsa bo’ladimi? U yo’llanmani ish joyidan olsa bo’ladimi?
  • Sanatoriyalarga yo’llanma nechi kunga beriladi?
  • Shu yil Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma uchun navbatga olishning yangi “IHMA Sanatoriya” moduli ishga tushirilmoqda. Bu qanday modul va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qanday afazalliklar va qulayliklarni yaratadi?
  • 25dan ortiq tinglovchilarimizning bizga yuborgan yozma savollariga IHMA mutaxassislari yordamida batafsil javob berdik.

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.