Barchaga maʼlum 2023-yil 23-may kuni soat 15:00 da “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSATDAGI O‘RNI QANDAY?” mavzusida Sharoit+ podkasti bo‘lib o‘tdi.

Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmoni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari — Firuza Muhammadjonova bo‘ldilar va “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSATDAGI O‘RNI QANDAY?” mavzusidagi barcha savollarga javob berdilar. Podkastimizda quyidagi savollarga javob oldik:

  1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy faolligi qay darajada?
  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar deputat va Senat darajasiga saylanishi qachon bo‘ladi?
  3. Milliy tiklanish partiyasi qanday tashabbus ko‘rsatmoqda?
  4. Partiada ayollar va yoshlar qanoti bor ekan? Bu qanotlarda qanchalik nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shilgan?

Firuza Muhammadjonova Shu va shu kabi savollarga to‘liq ijobiy javob berdilar. Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga hissangizni qo‘shing.

Sizni shu mavzu qiziqtirsa podkastimizni eshitib chiqishni tavsiya qilamiz.

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

Powered by RedCircle