Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 3-oktyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilyapti?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi — Zohid Ataxanov va Mahliyo Shukurovalar bo‘lishdi.

Powered by RedCircle    

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  1. Yoshlar ishlari agentligi orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qish uchun subsidiyalar.
  2. Nogironligi bo‘lgan yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni ommalashtirish hamda ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Inklyuziv taʼlim markazlari” faoliyati.
  3.  Nogironligi bo‘lgan yoshlarni Respublikamizning tarixiy va diqqatga sazovor shaharlariga sayohatlarini tashkil etish.
  4.  “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish va boshqa mavzularda suhbat olib borildi.

 

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.