2023-yil 28-iyul kuni “Nogironlik guvohnomasini rasmiylashtirishda qanday muammolar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar bosh tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi — Islomov Shavkat Habibullayevich bo‘ldilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  • Bolalikdan nogironlikni rasmiylashtirish,
  • Nogironlikni umrbod ga rasmiylashtirish,
  • Nogironlik toifasini elektron bazada to‘g‘ri ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar va yechimlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar vasiylariga davlat tomonidan to‘lanuvchi ijtimoiy to‘lovlar kabi masalalar
  • va boshqa dolzarb savollar o‘z javobini topdi.

Sizda turli davlat xizmatlaridan foydalanayotganingizda nogironlik toifangizni tasdiqlashda muammolar yuz beryaptimi? Biz sizga barcha viloyatlardagi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga ish telefon raqamlarini maʼlum qilamiz. Sizda yuqorida aytilgan yo‘nalishda muammolar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, o‘zingiz yashovchi viloyatga tegishli ekspert komissiyasiga aloqaga chiqib, masalani bayon qiling va muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishga erishing.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)lar telefon raqamlari:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-226-87-62
  2. Andijon viloyati: 55-201-76-00; 74-237-35-14
  3. Buxoro viloyati: 65-224-88-15; 65-224-88-20
  4. Jizzax viloyati: 72-222-27-85
  5. Qashqadaryo viloyati: 75-225-19-78
  6. Navoiy viloyati: 55-351-07-01
  7. Namangan viloyati: 69-227-62-41
  8. Samarqand viloyati: 66-221-81-31
  9. Sirdaryo viloyati: 67-235-00-79
  10. Surxondaryo viloyati: 76-223-06-31
  11. Farg‘ona viloyati: 55-802-60-36
  12. Xorazm viloyati: 62-229-18-05
  13. Toshkent shahri: 71-207-46-68
  14. Toshkent viloyati: 71-231-93-77

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.