Hurmatli obunachilar! 2024-yilning 1-mart kuni 17:00 da “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘l boshlovchi itlar xizmati kerakmi?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmonlari UNFPA tashkilotida inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov va “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig‘i — Inomjon Nasrullayev.

Powered by RedCircle

 Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassislardan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  1. Itlarni tarbiyalashda zotiga bog’liqmi? Kinolog xodimlar 7-8 oylikdan o‘rgatishadi. Qancha muddat o‘rganadi. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirib tarbiya qilsa bo‘ladimi?
  2. Itlarni o‘rgatish uchun kitoblar yoki audio materiallar mavjudmi? U kitoblarni qayerdan topsa bo‘ladi?
  3. O‘zbekistonda jonivorlarlarga nisbatan qanday stereotiplar mavjud? Stereotiplarni yo‘q qilish uchun qanday chora-tadbirlar, treninglar qilish mumkin.