Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 22-sentyabr kuni 17:00 da “O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim qanday yo‘lga qo‘yilmoqda?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik, psixologik, Respublika tashxis markazi metodisti — Ahmedova Shohista Rashidovna bo‘ldilar
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalarga taʼlim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yildagi 13-oktyabrdagi 4860-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-2022 – o‘quv yilidan Respublikamizda davlat miqyosida inklyuziv taʼlimni umumtaʼlim maktablarida joriy etish yo‘lga qo‘yildi va Respublikamizda umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida inklyuziv taʼlim joriy etildi. Alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan birga bir sinfda taʼlim olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Inklyuziv taʼlimga qaysi turdagi nogironligi bo‘lgan bolalar qabul etiladi?
- Inklyuziv taʼlimda tahsil olish uchun qanday bosqichlardan o‘tish kerak?
- Inklyuziv sinflarga dars berayotgan o‘qituvchilarga qanday qo‘shimcha talablar qo‘yiladi?
Inklyuziv taʼlim mavzusi bo‘yicha savollar yoki takliflar uchun telefon: +998 (99) 878-95-61
Inklyuziv ta’lim mavzusida o‘z faoliyatini olib boradigan Telegram guruhlarga a’zo bo‘ling: Inklyuziv taʼlim amalda va O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
