Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 29-dekabr kuni 17:00 da Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi? mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Rahimova va tashkilot xodimlari.

Powered by RedCircle    

 Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

«2023-yil tashkilotimiz uchun juda ham samarali yil bo‘ldi. Birinchidan, jamoamiz kengaydi va ancha yildan beri o‘z oldimizga qo‘yib kelayotgan maqsadimiz “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining Respublika miqyosiga olib chiqish uchun ya‘ni Respublika bo‘ylab o‘z xizmatlarimizni ko‘rsatishimiz uchun qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim qildik. Jahon banki va Yandex go va boshqa mahalliy hamkorlarimiz ko‘magida 2023-yil davomida ijaraga joy olib, qurilish ishlari amalga oshirildi va oz fursatda bino ishga tushadi. Barcha uchun manfaatli bo‘lib kelayotgan ishplus.uz loyihasi 2023-yilda ham samarali bo‘ldi va bu loyiha Universe group va Yevroosiyo jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan», deydi –  tashkilot raisi Muhabbat Raximova.

 

«Ishplus.uz loyihasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, 2023-yil juda ham samarali bo‘ldi. Hozirgi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda shu loyihani rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilyapti. 2024-yilgi rejalarimizdan biri desak ham bo‘ladi, “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi qo‘shida inklyuziv bandlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish reja qilinyapti. 2023-yil davomida ishplus.uz loyihasi orqali 160 nafar nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar ish bilan ta‘minlangan», – deydi loyiha rahbari Dilmurod Yusupov.

 

«Huquqplus loyihasi Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki tomonidan moliyalashtirilgan. Bu loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari ta‘minlanmasligi va ularni huqularini bilmasliklari xususan bandlik sohasidagi ko‘pgina muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyiha hisoblanadi. Huquqplus.uz loyihasini asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqiy savodxonligini oshirish va ularni huquqlarini ta‘minlanishiga ko‘maklashish hisoblanadi», deydi – HuquqPlus loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir emas 2 ta loyihamiz moliyalashtirilib, 1-loyihamiz Media Plus loyihasida 20 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar jurnalist bloggerlikka o‘qitildi. Bu kurs davomida malakali jurnalist, bloggerlar kelib yoshlarni media savodxonligini oshirilidi. Kurs boshida ishtirokchilarga nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari o‘rgatildi. Kelajakda olib boradigan faoliyatlari yuzasidan nogironlik masalarida ijtimoiy modelni qo‘llab yozishlari uchun juda katta bilim manbai bo‘ldi degan umiddamiz deydi – tashkilot raisi Muhabbat Rahimova.

“Innovatsion media” loyiha doirasida video operatorlik kursini tamomladim va shu loyiha doirasida 16 ta podkast, 8 ta intervyyu, 8 ta ijtimoiy rolik va 1 ta “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film sur‘atga oldik va bu bizga o‘zgacha zavq berdi. Ayniqsa, “KO‘ZGU” film premyeyrasidagi hayajon tomoshabinlardagi qiziqish bizni xursand qildi deydi – “Innovatsion media” loyihasi video operatori Azizjon Qosimov. Loyiha SMM menejeri Madina Po‘latova shunday deydi – avvalambor jamoaga katta rahmat loyiha doirasida SMM kursini o‘qish bilan birga shu sohada ilk faoliyatimni boshladim va meni qo‘llab-quvvatlashdi. “KO‘ZGU” filmni boshlanishidan oxirigacha birga harakat qildik. Kasting jarayonlari ham zavqli o‘tdi va eng hayajonlisi film premyerasi edi.

«Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” jamoasida ishlashni orzu qilardim. Orzu va niyyatlarimga erishib, “Kitob plus” ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga kitoblarni qulay formatda tinglash imkonini beruvchi IOS va Android uchun mo‘ljallangan dasturlarni veb platformalarini yaratishni va uni ichini hozirda mavjud bo‘lgan kontentlar bilan to‘ldirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Loyihamiz Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirildi», deydi “Kitob plus” loyihasi koordinatori Mirali G‘iyasov.

YES dasturi – bu yoshlarni mehnat ko‘nikmalari degan ma‘noni anglatadi. Loyihaning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni umuman olganda yoshlarni inklyuziv mehnat bozoriga tayyorlash va 8-11-sinf o‘quvchilari asosiy auditoriyamiz hisoblanib, aynan shu yoshdagi bolalarga tadbirkorlik, biznes inklyuziv mehnat bo‘yicha yangi darsliklar tayyorlashyapti. Mana shu loyihamiz jamiyatning ongi o‘zgarishiga katta sabab bo‘ladi ya‘ni ish beruvchilar umuman olganda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan munosabatlarini inklyuzivlashtirishdan iborat deydi – loyiha rahbari Dilmurod Yusupov.

Ushbu podkast davomida tinglovchilarning savol va takliflari o‘rganildi:

  1. Sharoit+ podkastning Kitob Plus loyihasi platformalarida ham joylansin. Podkastdagi barcha mavzular eng dolzarb mavzular edi va insonlar yanada o‘z huquqlarini tushunib borishadi – deydi Farrux Jumanazarov.
  2. Transportlar bilan bo‘ladigan muammolarni videolarga olib jamoatchilikni huquqlarimiz bilan muntazam ravishda  xabardor qilishingizni iltimos qilaman – deydi tinglovchilardan biri.
  3. Avvalambor “SHAROIT PLYUS” tashkilotiga va ishplus jamoasiga Monomarkaz bilan hamkorlikda ko‘rish bo‘yicha nogironlarga kompyuter kursini tashkil qilganingiz uchun rahmat. Mana shu kursda o‘qib, bitirganimdan so‘ng ishplus meni ish bilan ta‘minladi va men hozigr kunda Praxis plus loyihasida faoliyat olib boryapman. Buning uchun hammangizdan minnatdorman. Guruhlarda negativ izohlar qoldirishadi ishga kira olmayapman deb biroz sabr qilsa, hamma ish bilan ta‘minlanadi deydi – Nigora Roziqova.

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.