20 may kuni UNISEF konferensiya zalida BMTning Huquqlar bo‘yicha qo‘shma dasturini amalga oshirish doirasidagi ekspertlar guruhining texnik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda rahbarimiz Muhabbat Rahimova imkoniyati cheklangan ayollar masalalari bo‘yicha masʼul shaxs qilib tayinladilar.

Uchrashuv boshida oborilayotgan faoliyat namunasi tariqasida bizning nodavlat notijorat tashkilotimiz «Sharoit Plyus» keltirildi, yaniy bizning olinayotgan video roliklarimiz , audio-materiallarmiz orqali jamoatchilikka imkoniyatlari cheklangan insonlar masalalari yoritilgani haqida gapirib o‘tildi.

So‘ng 24 may kuni BMT ( birlashgan millatlar tashkiloti) ko‘shma dasturini ishga tushirishga bag‘ishlandi anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi binosida bo‘lib o‘tdi. Shuni taʼkidlash joizki, jamoamiz aʼzosi Ulug‘bek Mamatxonov konferensiyada moderator lavozimida ishtirok etilar. Kirish so‘zini Munir Mamedzade va Oybek lsakovlar taqdimotlarini namoyish etishdan boshladilar. 11 maqsad va vazifalar taʼriflab berildi .

Konferensiya dasturi 2 yilga yaniy 2022 va 2023 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib uning asosiy yo‘nalishi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni tatbiq etishdan tashkil topgan.Loyiha byudjeti birinchi bosqichda 600 000 dollar puli ajratilgan.

Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan izohlar va takliflar berilib muhokama qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari:

  • Moderator – Ulug‘bek Mamatxonov, (Toshkent shahar «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti). Adham lkramov, Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash raisi.
  • Munir Mamedzade, UNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. Alisher lnakov, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori.
  • Oybek lsakov, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi. Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
  • Erkin Muhitdinov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari.
  • Usmon Sharifxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari.
  • Komil Abdullayev, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi.
  • Ergash Norpo‘latov, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati.