“Sharoit Plyus” hamda Rossiyaning “Garaj” muzeyi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi – foto

Joriy yilning 16 sentabr kuni “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi va Rossiyaning “Garaj” zamonaviy madaniyat muzeyi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tomonlar “Sharoit Plyus” maqsadi, vazifalari va hozirgi kundagi faoliyati yuzasidan suhbatlashishdi. Muzey vakillari muzey haqida, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda ko’rish imkoniyati cheklangan kishilar bilan qanday ishlash haqida gapirib berishdi.

Bundan tashqari, “Sharoit Plyus” a’zolari tashkilot tomonidan transport sohasi vakillariga treninglar o’tilganidan so’ng avvalgiga nisbatan jamoat transportlariga panduslar o’rnatilayotgani va konduktorlarning imkoniyati cheklangan kishilarga nisbatan munosabatlari o’zgarayotgani haqida aytib berishdi.