2023-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Raximova O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi vakillari bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni va ularga yechim topish yo‘llarini muhokama qilishdi.
Yig‘ilish boshida Muxabbat Rahimova tashkilotimizdagi loyihalar haqida so‘z yuritib, loyihalarning maqsad va vazifalarini aytib o‘tdilar va 2016-yildan bugungi kungacha 15 dan ortiq amalga oshirgan loyihalarimiz va 30 dan ortiq biz bilan faoliyat olib borgan hamkor va donorlar haqida so‘z yuritdilar. Jahon banki vakillari tashkilotimiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga yanada qiziqish bildirishdi va savollar berishdi.
Ushbu yeg‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz va inklyuziv muhit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta‘minlash, mustaqil yashashga yo‘naltirish, ta‘lim olishlari va jamoat hayotida ishtirok etishlarini ta‘minlash masalalarida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va NJB «SHAROIT PLYUS» rahbari Muhabbat Raximova
Hamkorimiz Jahon bankining tashkilotimizga xayriya yordami “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a‘zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish” loyihasiga yo‘naltirilgan edi va shu qurilish ishlarida binoning tashqi ko‘rinishi, tashqari devori, hovlisi, ofisxona, tikuv sexi, kovorking xonasi, oshxona va hojatxonalar ta‘mirlandi. Tashkilotimiz raisi mana shu qilingan ishlar ustidan hisobot taqdim etib, 2024-yildagi rejalar bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘zbekistonda barcha nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz inklyuziv jamiyat yaratishga qaratilgan hamkorlik uchun Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati nomidan Jahon banki ma‘muriyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
