12-13 oktyabr kunlari “SHAROIT PLYUS” NJB aʼzolari Oʻzbekiston tomonidan 2021-yilda ratifikatsiya qilingan Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konventsiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini yakunlash masalalarini muhokama qilish boʻyicha Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashkil etgan maslahat seminarlarida ishtirok etdi.

Tadbirga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida “SHAROIT PLYUS” NNT a’zolari taklif etildi. Seminarlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, o‘zaro fikr almashildi.

Tashkilot raisi Muxabbat Rahimova va koordinator Sofiya Akramova Jahon banki mutaxassislari Vlad Grigoras va Cristina-Iulia Vladu bilan

Xususan, oʻzaro muhokamalar chogʻida quyidagi mavzularga asosiy eʼtibor qaratildi:

  • ijtimoiy himoya;
  •  ijtimoiy xizmatlar va mustaqil hayot;
  •  bandlik;
  •  Sog’liqni saqlash;
  •  Foydalanish imkoniyati va harakatchanlik;
  •  Ijtimoiy ishtirok;
  •  Ta’lim;
  •  nogironlar huquqlarini samarali himoya qilish;
  •  nogironlar huquqlarini monitoring qilish;

“SHAROIT PLYUS” aʼzolari: Muxabbat Rahimova, Sofiya Akramova, Yulduz Nigmanova, Goʻzal Raxmatullayeva, Zilola Toshpoʻlatova va boshqa seminar ishtirokchilari.

Yulduz Nigmanova – ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator (www.ishplus.uz loyihasi)

Men tez-tez jamoat transportida, ayniqsa avtobuslarda harakatlanaman. Meni 2-guruh nogironligim bor (jismoniy nogironlik) va shuning uchun avtobuslardan foydalanish men uchun juda katta qiyinchilik tug’diradi. Buning bir qancha sabablari bor:

• avtobuslar bekatlarda to‘xtamaydilar, uzoqroqda to‘xtaydi, shuning uchun unga yetib olishga ulgurmayman;
• Ba’zan avtobuslar nogironligi bor odamlar osongina yiqilishi mumkin bo‘lgan ariq yonida to‘xtaydilar.

Seminarlarda shu va boshqa muammolarni muhokama qildik. Bu masalaga e’tibor qaratilganidan xursandman.

O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun amalda moslashtirilmagan. Nogironlar jamoat transporti uchun to‘lov uchun imtiyozlarga ega bo’lsalar ham, transportlardan o‘zlari foydalana olmaydilar. Bunga zinapoyalar, panduslar va tutqichlarning yo‘qligi, liftlar va boshqa ko‘p narsalar to‘sqinlik qiladi, bu esa mustaqil harakatlanishga to‘siqlik bo‘ladi.

Seminar ishtirokchilari

Zilola Toshpo‘latova –ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator (www.ishplus.uz loyihasi)

Seminarlarda muhokama qilingan savollar menga juda yoqdi. Xususan, nogironlarni ish bilan ta’minlash va ta’lim olish bilan bog’liq masalalar.

Nogironlarni ish bilan ta’minlash haqida gapirganda, biz darhol stereotiplar va to‘siqlarni eslaymiz. Masalan, ko‘plab nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar shaharda infratuzilma yo‘qligi sababli uylaridan ham tashqariga chiqa olmaydilar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (SIR/INN) ni solishtirish yo‘li bilan olingan ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, “mehnatga layoqatli deb topilgan” 162,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslardan atigi 21,1 ming nafari rasman ish bilan band. Bu ro’yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlarning atigi 6 foizini tashkil qiladi.

«SHAROIT PLYUS» NJB imo ishora tili tarjimoni Go‘zal Raxmatullayeva

Go’zal Shuxratovna – imo ishora tili tarjimoni

Seminar judayam qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa berish masalalariga ham e’tibor qaratdik. Ular uchun moliyaviy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlash ancha qiyin. Bu masala juda muhim. Nogironlar jamiyatning boshqa a’zolari kabi huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Seminarlarning barcha ishtirokchilari