Joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlikning maqsadi Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularni ochiq mehnat bozorida munosib ish topishlari uchun har tomonlama ko‘maklashish.
2022-yil sentyabr oyidan boshlab «SHAROIT PLYUS» NJB amalga oshirayotgan www.ishplus.uz loyihasi orqali Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelgan edi. Ushbu foydali va maqsadli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2023-yil 13-aprel kuni ikki tomon o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.
“Ishga marhamat” monomarkazining o‘zaro hamkorlik borasidagi asosiy vazifalari quyidagicha:
- Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etadi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik ular uchun teng sharoitlar yaratish ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish;
- Toshkent shahridagi ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga inklyuziv mehnat bo‘yicha mahsus treninglar tashkil etishda yaqindan yordam beradi;
- va boshqalar
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining o‘zaro hamkorlik borasidagi asosiy vazifalari:
- Memorandum maqsadlariga erishish uchun ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlashda Monomarkazga ko‘maklashish va ular to‘g‘risida doimiy axborot bilan almashish;
- Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha Monomarkaz va boshqa davlat organlari bilan tajriba almashish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ochiq mehnat bozorida munosib ish topish jarayonlarida maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uzorqali bevosita ko‘maklashadi va bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar), amaliyotlar va o‘quv kurslari haqida to‘liq ma’lumotlar bazasini shakillantiradi;
- Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat guruhlarni tuzish va ushbu guruhlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘qitish uchun Monomarkazga taklif etish;
- Toshkent shahridagi ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga inklyuziv mehnat borasida mahsus treninglar tashkil etadi;
- va boshqalar
Memorandumning to‘liq matnini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun birlashma xodimlariga monomarkazdagi “Imkoniyatlar markazi” uchun ajratilgan xonani vaqtinchalik foydalanish uchun amaliy yordam berildi. Hozirgi kunda «Imkoniyatlar markazi»da ”SHAROIT PLYUS» NJB tomonidan 8ta kompyuterlar to‘plamlari bilan jihozlandi va O‘zbekistonda birinchi bor ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Kompyuter operatorlik” kursi tashkil qilindi. Kompyuter o‘quv kursini olib borish uchun o‘qituvchisi vakansiyasi (0.5 stavkaga) e’lon qilingan.

«Imkoniyatlar markazi» xonasi
«Ishga marhamat» monomarkazi kurslari www.ishplus.uz kanallarida e’lon qilinib boradi va kurslar mutlaqo bepul. Kurs yakunlangandan so‘ng, bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan o‘qilgan davr uchun stipendiya va sertifikat topshiriladi. Batafsil ma’lumot uchun dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 17:00 gacha www.ishplus.uz maʼlumot xizmati bilan bog‘laning: +998 (90) 818-07-08.
